Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Albert Selades: "Guruh bosqichi ajoyib tarzda o‘tdi”

Albert Selades: "Guruh bosqichi ajoyib tarzda o‘tdi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ispaniyaning "Valensiya" klubi bosh murabbiyi Albert Selades "Ayaks" klubi ustidan qozonilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘tgan mavsum mana shu murabbiy va mana shu futbolchilar bilan ajoyib natijaga erishgan kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Guruh bosqichi ajoyib tarzda o‘tdi. Guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish– ajoyib ko‘rsatkich. Bunda yigitlarning katta hissasi bor.

Biz har doim bosim ostida bo‘lamiz. Bizda imkoniyat bo‘lishini bilardik va ulardan foydalanish kerakligini yaxshi tushunib turgandik. Raqib ikkinchi bo‘limda bosimni oshirishini bilgandik, lekin garchi o‘yin tashabbusi ular tomonda bo‘lgan bo‘lsada, golga tortadigan vaziyat yarata olishmadi.

Bu ajoyib kun. Qo‘l ostimda bunday futbolchi borligidan va jamoaning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Muxlislarimizni xursandchiligini ko‘rganimizda biz doim xursand bo‘lamiz. Bu muvaffaqiyatdan zavq olyapmiz", - dedi murabbiy.

Kiritildi: 11:51, 11.12.2019.
O'qildi: 2789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик