Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

YECHL. Nimchorak final bosqichi haqida foydali ma’lumotlar

YECHL. Nimchorak final bosqichi haqida foydali ma’lumotlar

Baho:
+1 | -

Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlanib, pley-off bosqichiga chiqqan 16ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Endi musobaqaning nimchorak final bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi 16 dekabr, dushanba kuni UYEFAning qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Qaysi jamoalar ishtirok etadi
Guruh g‘olibi sifatida pley-off bosqichiga chiqqan 8ta jamoa "tanlanganlar" sifatida 1-savatchadan o‘rin olishadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar esa 2-savatchaga joylashtiriladi.

"Tanlanganlar"

"Bavariya" (Germaniya: «B» guruhi)
"Barselona" (Ispaniya: «F» guruhi)
"Valensiya" (Ispaniya: «H» guruhi)
"Liverpul" (Angliya, chempion: «E» guruhi)
"Manchester Siti" (Angliya: «C» guruhi)
"Pari Sen-Jermen" (Fransiya: «A» guruhi)
"RB Leypsig" (Germaniya: «G» guruhi)
"Yuventus" (Italiya: «D» guruhi)

"Tanlanmaganlar"

"Atalanta" (Italiya, «S» guruhi)
"Atletiko" (Ispaniya, «D» guruhi)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya: «F» guruhi)
"Chelsi" (Angliya: «H» guruhi)
"Lion" (Fransiya: «G» guruhi)
"Napoli" (Italiya: «E» guruhi)
"Real" (Ispaniya: «A» guruhi)
"Tottenxem" (Angliya: «B» guruhi)

Qur’a tartibi

— "Tanlangan" jamoalar nimchorak finalning javob o‘yinini o‘z uylarida o‘tkazishadi.

— Guruh bosqichida bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar hamda bitta mamlakat klublari nimchorak finalda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

— Boshqa cheklovlar haqda qur’a oldidan e’lon qilinishi mumkin.

Nimchorak final o‘yinlari qachon o‘tkaziladi
Dastlabki o‘yinlar 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari, javob uchrashuvlari 10, 11, 17 va 18 mart kunlari o‘tkaziladi. Barcha o‘yinlar Markaziy Yevropa vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Chorak final, yarim final va final o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:08, 12.12.2019.
O'qildi: 16715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик