"Barselona" rahbariyati "Real Sosyedad"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindagi VAR tizimi ustidan Ispaniya futbol federasiyasiga shikoyat berishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Mezbonlarning har ikkala goli, jumladan, "ko‘k-anorranglilar" darvozasiga belgilangan penalti, shuningdek, so‘nggi daqiqalarda "Sosyedad" darvozasi tomon belgilanmagan penalti kataloniyaliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.