Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Transfermarkt Neymarning narxini 20 million yevroga kamaytiradi

Transfermarkt Neymarning narxini 20 million yevroga kamaytiradi

Baho:
+ | -

Transfermarkt portali yaqin kunlarda Braziliya terma jamoasi va «PSJ» hujumchisi Neymarning narxini pasaytiradi, deya xabar tarqatdi «Chempionat».

Hozirda uning transfer bahosi 180 million yevro bo‘lib, narx o‘zgartirilganidan keyin Neymar 160 million yevroga teng bo‘ladi. Braziliyalik futbolchining narxi 2018 yilning 1 yanvaridan beri o‘zgarmay kelayotgan edi.

«Futbolchining klubni tark etish istagiga qaramay, hech kim uning uchun talab qilingan pulni to‘lashni istamadi. Bundan tashqari, ushbu mavsumda uning jarohatga moyilligini oshdi. Buning natijasida u bir necha oy davomida maydondan tashqarida qoldi. Bir nechta o‘yinlarda esa u boshqa o‘yinchilardan ajralib turmadi. Uni boshqa futbolchilar, masalan, Messi yoki Sterling bilan taqqoslaganda, u yaxshiroq ko‘rinmayapti. Shuning uchun biz uning narxini pasaytirishga qaror qildik», — dedi Transfermarkt eksperti Kristian Shvars.

Shu tariqa, Neymar jahonning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida o‘zi egallab turgan 2-o‘rinni boy beradi. Hozirgi kunda reytingni «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe boshqarmoqda – 200 million yevro.

Neymar ushbu mavsumda 11ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 21:31, 18.12.2019.
O'qildi: 6492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик