“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagramdagi sahifasiga kechagi “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda urgan gol suratini joyladi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu to‘p kiritganida 71 sm balandlikka sakragan va zarba vaqtida 2,56 m balandlikda bo‘lgan.
"CR7 AIR JORDAN!!✈️", - deb yozib qoldirdi va o‘zini afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan bilan tenglashtirdi.