Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Joze Mourinyo: "Tottenxem" hech qachon transfer bozorining qiroli bo‘lmaydi"

Joze Mourinyo: "Tottenxem" hech qachon transfer bozorining qiroli bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning transfer bozoridagi maqsadlarini aytib o‘tdi.

"Men "Tottenxem" klubining falsafasini, loyihasini va maqsadlarini bilaman.Transfer bozorida nima bo‘lishi mumkinligiga biz shunchaki munosabat bildiramiz.Agar qaysidir futbolchi jamoani tark etsa, biz bunga ko‘nikishimizga to‘g‘ri keladi.Ammo hech qachon transfer bozorining qiroliga aylanmaymiz, top saviyadagi tayyor futbolchilarni sotib olish uchun kurash olib bormaymiz.Biz aql bilan ish olib borishimiz kerak. Qaytarib aytaman, ayni paytdagi qo‘l ostimdagi futbolchilarimning barchasi yoqadi. Men ular bilan qancha ko‘p ishlasam, shuncha ularni yaxshi bilib boraveraman, kuchli va kuchsiz taraflarini aniqlab boraveraman. Qaytarib aytaman, menga vaqt kerak. Albatta o‘sha kun keladi. Lekin yaqin kunlar ichida emas.Biroq, yanvar-fevral oylarida jamoaning o‘yinlarini kuchaytirish uchun vaqt bo‘ladi", –Mourinyoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal. 

Kiritildi: 16:28, 26.12.2019.
O'qildi: 3162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.