Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Milliy olimpiya qo‘mitasi Eldor Shomurodovni taqdirladi

Milliy olimpiya qo‘mitasi Eldor Shomurodovni taqdirladi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham “Navro‘z” tantanalar saroyi sport olamining yil sarhisobiga bag‘ishlangan “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimiga mezbonlik qildi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirda yil davomida o‘zbek sporti rivoji yo‘lida ulkan hissa qo‘shgan, uning dovrug‘ini dunyoga yanada tanitgan fidoyilarimiz taqdirlandilar. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi rahbari Tanzila Narbayeva so‘zga chiqdi.

“Ortda qolgan yil o‘zbek sporti uchun unutilmas voqeliklarga boy bo‘ldi. Vakillarimiz ayni paytgacha Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga 32 ta yo‘llanma olishdi. Bu borada O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi muhtaram Prezidentimiz bergan topshiriqlar asosida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Umid qilamizki, yangi Olimpiya yili sportchilarimiz uchun yanada omadli va zafarli g‘alabalarga boy bo‘ladi”, – dedi Tanzila Narbayeva.

Tadbir avvalida sportchilarimiz turli raqslar bilan kechaning badiiy qismini ochib berishdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismiga navbat berildi. Unda “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimining 19 yo‘nalishi va 1 maxsus sovrini bo‘yicha o‘z g‘olib va sovrindorlarini aniqlab oldi. Jumladan, "Rostov" hujumchisi “Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun” sovrini bilan taqdirlandi.

Quyida har bir nominasiya g‘oliblari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
 
“Yilning eng yaxshi terma jamoasi”: Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi.

“Yilning eng yaxshi federasiyasi”: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi.

“Sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi”: O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi.

“Joylarda (hududlarda) sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”: Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

“Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun”: “Qizilqum-sement” AJ.

“Yil kashfiyoti”: O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi.

“Yilning eng yaxshi sport loyihasi”: “Humo-Arena” ko‘ptarmoqli muz saroyi.

“Eng faol sport targ‘ibotchisi”: Xilola Isakova, “MY5” telekanali muxbiri.

“Yilning eng yaxshi sport jurnalisti”: Zohid Karimov, “Sport” TV.

“Yilning eng yaxshi ijtimoiy roligi uchun”: Shuhrat Abdumanov.

“Yilning eng yaxshi sport shifokori”: Sunnatilla Yulchiyev – Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi professori, travmatolog.

“Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun”: Eldor Shomurodov.

“Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi”: Timur Giyazov.

“Yilning eng yaxshi murabbiyi”: Ravshan Ro‘ziqulov – yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

“Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi”: Zaynab Dayibekova – qilichbozlik (sablya) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi.

“Yilning eng yaxshi hakami”: Tohir Gulyamov – sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam.

“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”: Dilnoza Rahmatova.

“Yilning eng yaxshi erkak sportchisi”: Bahodir Jalolov.

“Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun”: Oksana Chusovitina.

Shuningdek, Tanzila Narbayeva yurtimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

Barcha sovrinlar o‘z egalariga topshirilgach “Yalla” guruhi, Ulug‘bek Rahmatullayev, Rayhon, Ozodbek Nazarbekov kabi xalqimiz suygan qo‘shiqchilar o‘z ijodlaridan eng sara qo‘shiqlarni bayram kechasining ishtirokchilariga taqdim qilishdi. Shu tariqa barcha sport fidoyilarini birlashtirgan kecha bayramona kayfiyatda yakunlandi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:58, 26.12.2019.
O'qildi: 3927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.