Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Davron Fayziyevdan anons: «Vulverxempton» - «Manchester Siti»

Davron Fayziyevdan anons: «Vulverxempton» - «Manchester Siti»

Baho:
+ | -

Avvalgi mavsumlar, balki, "Manchester Siti" uchun "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuv oddiy sayr bo‘lishi mumkin edi. Lekin bugun emas!

"Bo‘rilar" birinchi davrada "Siti"ni mehmonda 2:0 urib kelishgan. Buni APLda uchrab turadigan tasodif ham deb bo‘lmaydi. Deylik bugun "Vulvs" yutsa, jadvalda 5-o‘ringa qaytadi. Bu degani "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Arsenal"dan teparoqda tugatishi mumkin birinchi davrani. Bu endi ideal variant ular uchun. Qiyin tomoni ham bor. Sovg‘ali kunlarda "Vulverxempton"ni xaqiqiy sinov kutyapti. 45 soat oralig‘ida ular "Man. Siti" va "Liverpul" bilan o‘ynashadi. "Siti" kuydirib berishi, "Liverpul" yeb tashlashi, natijada "Vulvs" o‘rta pog‘onalarga qulashi hech gap emas.

Pep Gvardiola uchun balki APL asosiy maqsad bo‘lmay qolgan deyishingiz mumkin. Lekin ushbu maksimalist murabbiy ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan chiqargisi kelmaydi. Uydagi mag‘lubiyat ham unutilgani yo‘q, uni chiroyli qilib yopib ketishni hoxlamaydimi? Demak, bu oddiy sayr emas.

"Vulverxempton" - "Manchester Siti", 00:40 dan boshlab birgalikda ko‘ramiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:14, 27.12.2019.
O'qildi: 2600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик