Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Lionel Messi: “Eto’o aytgan so‘zlar to‘g‘ri chiqdi” (intervyu)

Lionel Messi: “Eto’o aytgan so‘zlar to‘g‘ri chiqdi” (intervyu)

Baho:
+ | -

Lionel Messi futbolchi tez-tez intervyu berishni xush ko‘rmasligidan xabaringiz bor. Shu sababli, uning fikr va mulohazalari ko‘plab futbol muxlis va mutaxassislariga qiziq desak, adashmagan bo‘lamiz. Bugun argentinalik futbolchi tomonidan berilgan eng so‘nggi intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.

"Men Samuelning aytgan so‘zlarini yaxshi eslayman. O‘shanda u menga “sen gol kiritadigan kunlar hali oldinda. Sababi, hozir senda juda ko‘p imkoniyatlar mavjud, lekin sen ularning barchasidan foydalanmayapsan”, degan edi. Bir kun kelib uning aytganlari amalga oshdi. Men o‘z imkoniyatlarimni amalga oshirishni boshladim.

Har safar maydonga chiqar ekanman, gol kiritish haqida juda kam o‘ylayman. Asosan o‘yin haqida bosh qotiraman.

Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish musobaqaning saviyasini inobatga olsak, bu o‘zgacha yutuq. Ochig‘ini aytsam, bu men o‘rnatgan eng e’tiborga molik rekord.

Men raqib darvozabonlarni o‘rganaman. Ayniqsa, jarima zarbalari chog‘ida o‘zlarini qanday tutushlari bilan qiziqaman. Ular zarba chog‘ida harakat qilishadimi yoki o‘z pozisiyalarida qolishadimi degan savolga javob olish uchun ham ularni kuzataman. Shuningdek, zarbaga qanday reaksiya bildirishlari va jonli devorni qanday o‘rnatishlari ham men uchun qiziq. Buning barchasi haqiqat. Eng muhimi esa, mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilish. Men aynan mashg‘ulotlar sababli kuchliroq bo‘lib boryapman".

Manba: Голос футбола
Kiritildi: 03:56, 30.12.2019.
O'qildi: 9775 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик