Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

So‘nggi 10 yillikning eng kuchli futbolchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoa

So‘nggi 10 yillikning eng kuchli futbolchilaridan tashkil topgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Taniqli “Goal 24” nashri so‘nggi 10 yil davomida yuqori saviyada o‘yin namoyish qilgan futbolchilardan tashkil topgan ramziy terma jamoani e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan yangi asrning ikkinchi o‘n yilligi davomida o‘sishga erishgan futbolchilargagina joy taqdim etilgan bo‘lib, futbolchining klub va terma jamoasi uchun erishgan yutuqlari ham inobatga olingan.

Darvozabon: Manuyel Noyer

Noyer Jahon chempioni bo‘libgina qolmay, YECHL musobaqasida ham shohsupaga ko‘tarilgan kamsonli darvozabonlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, uning hisobida Bundesliganing 7ta oltin medallari mavjud. Soddaroq qilib aytganda, Germaniya futbolining tirik afsonalaridan biri. Asrimizning ilk 10 yilligi Buffonga bag‘ishlangan bo‘lsa, ikkinchi dekadasida Noyer yaqqol ustunlik qildi. O‘z o‘yini bilan darvozabonlar uchun inqilobni amalga oshirgan Noyer haqli ravishda so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi darvozaboni desak, adashmagan bo‘lamiz.

Dani Alves

2010-yilda Alves yengilmas “Barselona”ning ajralmas bo‘lagidan biri edi. Futbolchi qariyb 10 yil davomida yuqori tempda to‘p surishga muvaffaq bo‘libgina qolmay, sovrinlarni qo‘lga kiritish borasida Messi va Ronalduni ham ortda qoldirdi. O‘zining 35 yoshida ham top-klublar e’tiborida turgan himoyachi ayni damda vatanida to‘p surmoqda.

Serxio Ramos

Ramos 2003-yildan beri “qirollik klubi”ning asosiy tarkibidagi o‘rnini hech kimga berib qo‘ygani yo‘q. 2010-yildan boshlab qanot himoyachisidan markazga ko‘chgan Serxio yangi ampluasiga tezda kirishib ketdi. Uning himoyadagi o‘yini Varan yoki Hummelsnikidan ikki kara kuchli bo‘lmasligi mumkin, biroq to‘purarlik mahorati uni o‘zgaririb bo‘lmas futbolchiga aylantirdi. Ortda qolayotgan 10 yillik davomida o‘z gollari bilan jamoasini bir necha bor qutqarib qolgan sardor ushbu ro‘yxatdan joy olishga yuz foiz xaqli.

Tiago Silva

O‘z faoliyatini kuchsiz klublarda boshlaganiga qaramay, top darajadagi himoyachiga aylangan Tiagoni qayd etishimiz shart. Bundan 10 yil ilgari “Milan” jamoasida ko‘rinish bergan braziliyalik himoyachi hozirgi kunga qadar ishonchli o‘yin namoyish etib kelmoqda. 35 yoshga qadam qo‘yganiga qaramay, uning yuqori sport formasini alohida qayd etib o‘tish lozim.

Filipp Lam

Bu nuqtaga Jordi Alba yoki Marseloni ham qo‘yishimiz mumkin edi, biroq Filipning futbolchilik statusi qolgan ikki raqibidan balandroq bo‘lgani inobatga olindi. Butun boshli Germaniya futboli rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan qanot himoyachisi yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Yuqorida nomi zikr qilinganlardan farqli o‘laroq, uning faoliyatida biror marotaba ham pasayish kuzatilmadi. Hatto Gvardiola uni qanotdan markazga ko‘chirganda ham!

Serxio Buskets

2010-yilda boshlagan “Barselona”ning gegemoniyaligi ortida Serxioning qanchalar katta mehnati yotgani ko‘pincha yoddan ko‘tariladi. Ispaniya futboli bu yigitdan minnatdor bo‘lishi shart. Aynan uning xizmatlari evaziga ushbu yurt terma jamoasi ikki bor qit’ada va bir bor dunyoda tengsiz bo‘lishni uddaladi.

Luka Modrich

Barcha bu joyda Xavining paydo bo‘lishini taxmin qilgan bo‘lsa, ajab emas. Tushuntirib beramiz. Xavi o‘zining eng gullagan davrlarini 2010-yilga qadar o‘tkazdi va 2015-yilda jamoani tark etdi. Modrich esa, bundan 10 yil ilgari “Tottenhem”da ishonchli o‘yin namoyish etishni boshlagan iqtidorli futbolchi edi. 8 yil davomida “Real Madrid” libosida harakat qilgan qahramonimiz qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi. Bundan tashqari, o‘rtamiyona terma jamoasini mundial finaliga qadar yetakladi. Uning “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani esa, faoliyatidagi sovrinlarning mantiqiy yakuni bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Andres Inyesta

Xavi va Modrichdan farqli o‘laroq, Andres chinakam universal futbolchi edi. Vaziyat taqozosiga qarab, murabbiylar undan qanot hujumchisi, aldamchi to‘qqizlik, hujumkor yarim himoyachi sifatida foydanalanishar, qahramonimiz esa, barcha nuqtada birdek ishonch bilan harakatlanar edi. Boz ustiga, JCH finalini hal qilgan gol muallifini ro‘yxatga kiritmaslik mumkin emas.

Krishtianu Ronaldu

Nou komment.

Robert Levandovski

So‘nggi 10 yillikning eng yaxshi hujumchi nomiga bir emas bir nechta nomzodlar mavjud. Ibrahimovich, David Villa, Benzema va hatto Edinson Kavani ham bu ro‘yxatda bo‘lishga haqli. Shunday bo‘lsada, unutmaslik lozim, bundan 10 yil muqaddam Robert Polsha chempionatidan Bundesligaga ko‘chib o‘tgan yosh va tajribasiz futbolchi edi. O‘tgan vaqt davomida Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri darajasiga ko‘tarila oldi.

Leonel Messi

Nou komment.

Murabbiy: Yurgen Klopp

Bu borada bir nechta murabbiylarning alohida qayd etib o‘tish joiz. Simeone va Mourinyo sovrinlardan chetda qolgani bois, asosiy raqobat Gvardiola va Klopp o‘rtasida kechdi. Shu o‘rinda tan olish lozim, Pep shu kunga qadar qaysi klubda ishlamasin doimo katta transferlarni talab qilgan. Undan farqli o‘laroq Yurgen “Borussiya Dortmund”da ham “Liveprul”da ham o‘rtamiyona futbolchilardan superklub tuzishni uddalaganini unutmaslik lozim. Aynan shu aspekt sababli Klopp o‘z raqibini ortda qoldirdi.

Manba: Goal 24
Kiritildi: 20:19, 30.12.2019.
O'qildi: 7722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.