Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

APL. «Tottenxem» mehmonda mag‘lub bo‘ldi

APL. «Tottenxem» mehmonda mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo boshchiligidagi "Tottenxem" klubi "sovg‘alar" haftasida 3 xil natija qayd etdi: g‘alaba, durang va mana endi — mag‘lubiyat.

"Shporlar" Angliya chempionatining 21-turi doirasida «Sautgempton» mehmoni bo‘lishdi. Bahsning 6-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Keynning 16 metrdan yo‘llagan zarbasidan keyin mezbonlar posboni mahorat bilan to‘pni qaytardi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan londonliklar posboni mahorat ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi. Neytan Redmond tomonidan yo‘llangan zarbani Gassaniga qaytardi. Bahsning 18-daqiqasida esa Denni Ingz chiroyli gol urdi. Jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni futbolchi qabul qildi, Alderveyreldning ustidan oshirdi va 12 metrdan zarba berib, hisobni ochdi.

Birinchi taym tugashiga 5 daqiqa qolganida "Chelsi" himoyachisi Yan Vertongen 3 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida Xarri Keyn to‘pni raqib darvozasiga joylagan edi. Ammo VAR "millimetrli" ofsaydni aniqlab, golni bekor qildi. O‘yin so‘ngida ikkala jamoa bittadan qulay imkoniyatni ko‘kka sovurdi.

Shu tariqa, "Tottenxem" klubi tengma-teng kechgan o‘yinda "Sautgempton"ga imkoniyatni boy berdi.

Angliya chempionati, 21-tur
Sautgempton – Tottenxem 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 17 Ingz.
Sautgempton – Makkarti, Stivens, Bertran, Bednarek, Soaresh, Armstrong (Romeu, 90), Xeybyerg, Jenepo (Long, 58), Uord-Prouz, Redmond, Ingz (Obafemi, 76).
Tottenxem – Gassaniga, Vertongen, OrYE, Alderveyreld, Sessenyon, Alli, Ndombele (Lo Chelso, 25), Sissoko, Lukas Moura, Eriksen, Keyn (Lamela, 75).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (36), Jenepo (53), Sissoko (61), Bednarek (68), Orye (70), Uord-Prouz (72), Eriksen (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:53, 01.01.2020.
O'qildi: 2955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик