Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklarni birinchilardan bo‘lib yetkazib berishda davom etamiz.

Mxitaryan hammaga kerak

Ayni damda ijara asosida Rimning “Roma” klubi sharafini himoya qilayotgan armanistonlik futbolchining o‘yinlarida klub rahbarlari va muxlislarning ko‘ngli to‘lmoqda. Shu sababli, “bo‘rilar” yarim himoyachining transferini to‘liq sotib olish niyatida “Arsenal”ga rasmiy taklif bilan chiqdi.

Eng qizig‘i shundaki, “kononirlar” Geynrix borasida takliflarning barchasini rad etishgan. “Calciomercato” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Roma” Geynrix uchun 10 million yevro taklif qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv hech qanday naf bermagan bo‘lsada, hafta so‘nggida muzokaralar davom etishi kutilmoqda.

“Liverpul” futbolchisi jamoadan ketishga yaqin

“Angliyaning “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Adam Lalana qishki transfer oynasi chog‘ida jamoasini o‘zgaritirishi mumkin”,- deb xabar bermoqda The Telegraf nashri. Angliyalik futbolchi yanvar oyining oxirlarida “Nyukasl”da ko‘rinish berishi mumkin.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi uchun “oq-qoralar” 10 million funt sterlingdan voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qilishgan. Ayni damda futbolchi juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Shu sababli, qishki transfer oynasi chog‘ida jamoasini almashtirishi hech gap emas. “Liverpul” rahbarlari ham yarim himoyachining transferiga qarshi emas. Barchasini Lalananing o‘zi hal etishi ga to‘g‘ri keladi.

Lempard davom etmoqda

Londonning “Chelsi” klubi murabbiyi “KPR” jamoasining yosh va iqtidorli futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bu haqida “The Sun” nashri xabar bermoqda.

“Aristokratlar” bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoadagi rotatsiyani yaxshilash maqsadida “Chempionship”dagi bir nechta iqtidorli futbolchilarni kuzatib kelmoqda. Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda murabbiyning e’tiborini “KPR” yarim himoyachisi   Eberechi Ezega qaratilgan. 23 yoshlik futbolchi Lempard istaganidek hujumkor yarim himoyachilar sirasiga kiradi. Murabbiy uning transferi yordamida Villian va Pedro uchun dam olish imkoniyatini yaratishni rejalashtirmoqda.

Angliyalik futbolchi ushbu mavsumda “KPR” safida 26 ta o‘yinda ishtorok etdi va o‘z hisobiga 10 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek, uning hisonida 7 ta golli uzatma ham mavjud.

Kavanining taqdiri aniqlashib bormoqda

Parijning PSJ jamoasi hujumchisi Edinson Kavani katta ehtimol bilan “Atletiko Madrid” futbolchisiga aylandigan ko‘rinadi. Bu haqida bir nechta ispan nashrlari xabar tarqatmoqda.

“Copa” nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra urugaylik hujumchi bilan “Atletiko Madrid” vakillari o‘rtasidagi ilk muzokara omadli yakun topgan. Endilikda ikki klub hujumchining transfer qiymati borasidagi muzokaralarni boshlash arafasida turibdi. Kavaning o‘zi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Parijni qishda tark etishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, hujumchining hizmatlari bilan “Tottenhem” va “Napoli” klublari ham jiddiy qiziqib qolgan bo‘lsada, Kavaning o‘zi “matsarchilar” safiga o‘tishni istamqoda.

Mustafi qishdayoq ketishni istamoqda

“Londonning “Arsenal” jamoasi himoyachisi Shkordan Mustafi qishki transfer oynasi chog‘idayoq Londonni tark etish ishtiyoqida “yonmoqda””- deb xabar tarqatmoqda “Mirror” nashri.

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik himoyachi klubda tutgan o‘rnidan norozi va jamoa rahbarlariga o‘zini transferga qo‘yishlarini iltimos qilgan. “Arsenal” ham futbolchini jamoada olib qolish tarafdori emas.

Taniqli transfermarket portali himoyachining qiymatini 15 million yevroga baholagan. Ayni damda himoyachi uchun tuli Italiya va Germaniya klublaridan takliflar mavjud.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:41, 06.01.2020.
O'qildi: 13994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.