Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Xayrulla Hamidovdan anons: Neapol jangi

Xayrulla Hamidovdan anons: Neapol jangi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasi bahslariga ham start berilmoqda. 2020 yilning starti anonsbop o‘yinlarga boy.

 “Yuventus” mavsumni boy bermasligi uchun har o‘yinga jiddiy e’tibor qaratadi, turgan gap. Shu bois "Kalyari" bilan kechadigan uchrashuv ham turinliklar uchun finaldek.

“Milan” bugun “Sampdoriya”ni qabul qilar ekan, “San Siro” to‘lishi kutilmoqda. Axir, shaxsan o‘zlari,  janobi oliylari — Zlatan qaydnomaga kiritilgan.

Parallel ravishda o‘tadigan bu ikki bellashuvning ikki xil vaziyati bor, ko‘ryapsizmi: lider o‘yinini ko‘rmoqchi bo‘lganlar Turinga, futboldagi shaxsiyatning o‘yinini kuzatmoqchi bo‘lganlar Milanga “safar” qilishlari mumkin.

Ammo tunda, soat 01:00da rosmana bir-biriga teng raqiblar Neapoldagi “San Paolo” o‘yingohiga chiqib kelishadiki, ul o‘yinni ko‘rmaslik to‘g‘ri ishmas:)

O‘tgan yilning eng katta alamzadasi - “Napoli” o‘tgan yilning bosh qahramoni – “Inter”ni qabul qiladi.

Gattuzo shogirdlari o‘zlariga yarashmaydigan 8-o‘rinda borishmoqda, lekin yilni birinchi o‘rinda yakunlagan “Inter”ga yaxshigina boshog‘riq bo‘lishlari kutilmoqda. Garchi tarkib masalasida Kontening imkoniyatlari yaxshiroq bo‘lsa-da...

Fabian Ruis qaydnomada boru,  bir hafta gripp bilan kurashgani uchun yaxshi formadamikan?

Mertens Belgiyaga jarohatini davolash uchun uchib ketgan, ko‘pchilik u Neapolga shu bahona qaytmaydi, deyishyapti.

Maksimovichning yoniga lazaretga Kulibali qo‘shildi, markaziy himoyada Manolas bilan birga A seriya darajasidan pastroq Luperto o‘ynashi kutilmoqda.

“Inter”da esa aksincha: Sensi, Barella va Aleksis Sanches safga qaytdi. Faqatgina D`Ambrozio yordam bera olmaydi. Bu yo‘qotish  qaytganlar tarozusi bilan solishtirganda og‘irmasu, to‘g‘rimi?

“Inter” Neapolda oxirgi bor 1997 yili Simeone o‘ynagan davrlarda g‘alaba qozongan. Hozir o‘sha qora an’anani yo‘qqa chiqarishga yaqin imkoniyat bor. Ammo boya ta’kidlaganimizdek, “Napoli”ning mana shu yarador tarkibi ham Jang taklif etadi.

Janub yigitlarining vajohatiga Gattuzoning dahshatli nigohini qo‘shing-da, “Napoli”ning o‘yinini tasavvur qilib olavering!

“Inter” davraning oxirgi turida “Atalanta”ni kutib oladi – mana sizga yana markaziy bahs, “Napoli” esa Rimda quturgan “Lasio”ning mehmoni bo‘ladi. Birinchi davrani ular shunday tugatadilar. Undan oldin esa, o‘zaro hisob-kitob olish kerak. Shu bugun.

Kontening futbol falsafasimi yo Gattuzoning qattiqqo‘lligimi?

00:45da uxlamaysiz endi, birga kuzatamiz!

Xizmatingizda o‘zim...

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 20:34, 06.01.2020.
O'qildi: 2745 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.