Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Bunyodkor» bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

«Bunyodkor» bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Ayni vaqtda BAAning Abu Dabi shahrida yig‘in o‘tkazayotgan «Bunyodkor» safar oldidan tarkibga bir qator futbolchilarni qo‘shib oldi.

Xususan, «Bunyodkor-2»dan darvozabon Akobir Qayumov, o‘rinbosarlar tarkibidan Hasan Yo‘ldoshev va 2019 yilgi mavsumni ijara asosida AGMKda o‘tkazgan Rasul Yo‘ldoshev bosh "qaldirg‘ochlar" safiga qo‘shildi.

Shuningdek, bir qator mahalliy o‘yinchilar bilan ham turli ko‘rinishdagi shartnomalar imzolandi. Xususan, Murod Xolmuhammedov, Sarvar Karimov (ikkalasi «Qo‘qon-1912»), Humoyun Murtazoyev, Sardor Abduraimov (ikkalasi «Mash’al»), Bahodir Pardayev («Metallurg»), G‘ulom-Haydar G‘ulomov (AGMK) 2020 yilgi mavsumni «Bunyodkor»da boshlaydi.

Qolaversa, o‘tgan mavsumni Tojikistonning «Xo‘jand» klubida o‘tkazgan Davronjon Ergashev, so‘nggi jamoasi Turkmanistonning «Oltin asr» bo‘lgan Selim Nurmurodov ham «Bunyodkor» a’zosiga aylandi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 13:57, 08.01.2020.
O'qildi: 5255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик