Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

AFC U23. Musobaqa tarixiga nazar

AFC U23. Musobaqa tarixiga nazar

Baho:
+ | -

Kecha start olgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a birinchiliga bo‘lgan e’tibor juda katta. Ushbu musobaqa 4-marotaba tashkillashtirilayotgan bo‘lib, ilk birinchilikka 2013-yili Ummon davlati mezbonlik qilgan edi. Bugun ushbu musobaqa haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

2013-yil Ummon

AFC tashabbusi bilan ilk bor tashkillashtirilgan musobaqada hamyurtlarimiz o‘lim guruhidan joy olishgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Musobaqaga terma jamoamiz Aleksey Yevstafeev qo‘l ostida tayyorgarlikni boshlaydi va saralash uchrashuvlaridan muvaffaqiyatli tarzda o‘tib musobaqaning final qismiga yetib keladi. Eng qizig‘i shundaki, 2013-yilda terma jamoamiz murabbiyi o‘z o‘rnini Shuxrat Maqsudovga bo‘shatib beradi. Aynan Maqsudov qo‘l ostida musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston olimpiyachilari Janubiy Koreya, Yaponiya va Suriya terma jamoalari bilan bir guruhda kurash olib borishadi va guruh bosqichini 3-o‘rin bilan yakunlashadi. Terma jamoamizning omadsiz ishtirokidan so‘ng, 2015-yilning 18 fevral sanasida Maqsudov iste’foga chiqariladi.

Ummon qirolligida bo‘lib o‘tgan musobaqaning final uchrashuvida Iroq saudiya arabistonilik tengdoshlari ustidan 1:0 hisobida zafar quchadi. 3-o‘rin uchun bo‘lgan bahsda esa, iordaniyalik futbolchilar Janubiy Koreya bilan to‘qnash keladi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, penaltilar seriyasida Iordaniya raqibini 3:2 hisobida taslim qiladi va musobaqaning bronza medallariga ega chiqadi.

2016-yil Qatar

Oldingisidan farqli o‘laroq, Qatarda bo‘lib o‘tgan bu musobaqada Braziliyada bo‘lib o‘tgan “Rio Olimpiada”si uchun 3 ta yo‘llanma o‘ynalgan edi. Afsuski, bu safar ham terma jamoamiz anchayin murakkab guruhga tushib qolgan edi. Janubiy Koreya, Iroq va Yaman olimpiyachilariga qarshi to‘p surgan Samvel Babayan shogirdlari uchun omadsiz keldi. Avvaliga 1:2 hisobida Janubiy Koreyadan mag‘lubiyat qabul qilingan bo‘lsa, iroqlik olimpiyachilar ham bizni 3:2 hisobida mag‘lub qilishni uddalashgan. Oqibatda, yana guruhda 3-o‘rinni olgancha, ortga qaytishga majbur bo‘lgan edik.

O‘sha musobaqaning final uchrashuvida Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. Qiziqarli o‘tgan final uchrashuvi "kunchiqar yurt" vakillarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlanadi. Finaldanda muhimroq ahamiyat kasb etgan 3-o‘rin uchun bahsda Mezbonlar Iroq olimpiyachilariga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘yishadi. Oqibatda, Rio shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiadaga Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq olimpiya terma jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

2018-yil Xitoy

Chin yurtida bo‘lib o‘tgan musobaqada Olimpiyada yo‘llanmalari o‘ynalmagan bo‘lsa-da, muxlislarimizning yodida shirin xotira sifatida saqlanib qolinishi turgan gap. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz turnirni qatarlik tengdoshlaridan mag‘lub bo‘lish bilan boshlaganiga qaramay, guruhdagi qolgan ikkita uchrashuvda g‘olib chiqishni uddalashadi va ilk bor musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanma olishadi.

Avvaliga Yaponiya ustidan yirik 4:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsak, final ostonasida Janubiy Koreyani 4:1 natijasi bilan mag‘lubiyatga uchratgan holda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edik. Kuchli qor yog‘ishiga qaramay o‘tkazilgan o‘yinning asosiy vaqti 1:1 natiasi bilan tugagan bo‘lsa, qo‘shimcha taymlarning ikkinchisining so‘nggi daqiqasida olimpiyachilarimiz Sidorovning goli evaziga Kubokni raqibdan yulqib olgan edi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Qatar koreyalik tengdoshlari ustidan minimal hisob bilan g‘olib chiqqan va musobaqaning 3-o‘rinini qo‘lga kiritgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 08:26, 09.01.2020.
O'qildi: 8269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.