Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Lokomotiv» yig‘inga ikki futbolchi qo‘shildi

«Lokomotiv» yig‘inga ikki futbolchi qo‘shildi

Baho:
+ | -

BAA poytaxti Abu Dabida yangi mavsumning ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Lokomotiv” bugun ikki mahal shug‘ullandi. O‘tgan kuni futbolchilar faqat ertalab trenajyor zalda shug‘ullanib, tushdan so‘ng murabbiylar shtabi jamoaga dam bergandi.

Kechadan yana ikki mahal mashg‘ulotlar boshlandi. Ikkala mashg‘ulot ham futbol maydonida kechdi. Jamoa a’zolari har bir mashg‘ulotga o‘ta mas’uliyat bilan yondoshgan holda qattiq mehnat qilishyapti. Aytish mumkinki, jamoa yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

Kechagi mashg‘ulotga ikki nafar futbolchi qo‘shildi. O‘tgan mavsumni “So‘g‘diyona” va “Buxoro”da o‘tkazgan yarim himoyachi Davron Umirov bilan “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Javohir Abdualimov. Aytish mumkinki, Umirov “Loko” bilan shartnoma imzoladi hamda ushbu mavsumni “temiryo‘lchilar” safida o‘tkazadi.

Kunduzgi mashg‘ulotda asosiy e’tibor jismoniy holat bilan birgalikda to‘pni to‘g‘ri nazorat qilish hamda aniq zarba berishga qaratildi, kechki mashg‘ulotda esa asosan standart vaziyatlar ustida ishlandi. Eslatib o‘tamiz, Abu Dabi yig‘ini 15-yanvarga qadar davom etadi, shundan so‘ng “temiryo‘lchilar” Toshkentga qaytib OCHL pley-off bosqichi doirasida Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan kechadigan bahsga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Abu Dabidagi yig‘in chog‘ida “Loko” ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlabkisi 11-yanvar kuni Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” klubiga qarshi kechsa, ikkinchi nazorat bahsi 14-yanvarda Xitoyning “Jiangsu Suning” jamoasi bilan bo‘ladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 09:00, 09.01.2020.
O'qildi: 3685 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик