Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.

“Real Madrid” himoyachi harid qilmoqchi

Madridning “Real” jamoasi qishki transfer oynasi chog‘ida o‘z tarkibiga “Napoli” himoyachi Kalidu Kulibalini qo‘shib olishni rejalashtirmoqda”,-deb xabar bermoqda “El Desmaruque” nashri.

Senegallik futbolchini shaxsan Zayniddin Zindan o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Shu sababli, Madrid klubi “Napoli” uchun transfer taklifini tayyorlamoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, “qirollik klubi” himoyachini qo‘lga kiritish uchun 70 million yevro va Hames Rodrigesni berishga tayyor.

“Zenit” futbolchisi okean ortiga ketadi

 

Sankt-Piterburgning “Zenit” jamoasi futbolchisi Matias Kranevitter qishki transfer oynasi yopilguniga qadar jamoasini o‘zgaritishi mumkin. Bu haqida bir nechta rush nashrlari xabar tarqatmoqda.

Argentinalik futbolchining hizmatlari bilan ayni damda Meksikaning “Monterrey” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. 26 yoshli futbolchining o‘zi ham “Zenit”dan ketishga qarshi emas,

Futbolchining agenti o‘z tvitter sahifasida Meksika klubi bilan muzokaralar shu haftada yakunlanishini ma’lum qilgan.


Esaltib o‘tamiz, argentinalik futbolchi davom etayotgan mavsum davomida atigi 2 bor maydonga tushgan xolos.

 

“Arsenal”ga fransiyalik futbolchi kerak

 

Londonning “Arsenal” jamoasi PSJ qanot himoyachisi Levin Kurzava bilan jiddiy qiziqib qoldi. Ingiliz nashrlari bergan xabarga ko‘ra, “kononirlar” 27 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida ilk kelishuvlarga erishishga muvaffaq bo‘lgan. Kurzavaning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi shu yilning iyun oyida o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, “Arsenal”da pul sarf etmay turib ham saviyali futbolchiga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

“L'e quipe” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mikel Arteta jamoa himoyasini kuchaytirishni istasa, transfer qishdayoq amalga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kurzava ushbu mavsumdagi “Liga 1” musobaqasining 11 ta uchrashuvida maydonga tushdi.

Dani Olmoning kelajagi ma’lum

 

Xorvatiyaning “Dinamo” jamoasidagi o‘yinlari bilan bir nechta top klublar e’tiboriga tushgan ispaniyalik yarim himoyachi faoliyatini Italiyaning “Milan” jamoasida davom ettiradigan ko‘rinadi.

Bu haqida “Sportskiye Novosti” nashri xabar bermoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, xorvatiya klubi o‘z yarim himoyachisni “Milan” taklif qilgan 30 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Olmoning o‘zi ham jamoasini o‘zgaritishga qarshi emas. Ayni damda uning agenti Milan shaxrida shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

“Bavariya” PSJ futbolchisiga ko‘z tikmoqda

 

Myunhenning “Bavariya” jamoasi Parij klubi qanot himoyachisi Tomas Menyeni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. 28 yoshli qanot himoyachisini sotib olish orqali, klub qanot himoyasidagi muammolarni bartaraf etishni istamoqda.

Belgiyalik futbolchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga yetishini inobatga olsak, Myunhen klubi ortiqcha pul sarflamasligi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Tomas ushbu mavsumda “Liga 1”ning 12 ta uchrashuvida maydonga tushda va hisobiga bitta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:42, 16.01.2020.
O'qildi: 18544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.