Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Dmitriy Lozebnikov: “Raqobatdan qo‘rqmayman” (intervyu)

Dmitriy Lozebnikov: “Raqobatdan qo‘rqmayman” (intervyu)

Baho:
+ | -

Darvozabon Dmitriy Lozebnikov Moskvaning “Zvezda” jamoasidan Toshketning “Humo” hokkey klubiga kelib qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, debyut qilishga ulgurdi. Bugun “Humo”ning yangi darvozaboni bilan kichik suhbat uyushtirdik

— “Humo” safiga kelib qo‘shilishingiz haqida so‘zlab bersangiz?

Menda “Humo”ga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi va men undan darrov unumli foydalandim. Mening Toshkentga ko‘chib o‘tishim ikki klubning rahbarlari tomonidan muzokaralarda hal etildi. Bundan juda ham ma’mnuman.

Sizda “Zvezda”dan KXLda yetakchilik qilayotgan SSKAga o‘tish imkoni mavjud edimi?

Ochig‘i meni birinchi jamoaga olishdi, biroq o‘zimni ko‘rsatishim uchun imkon qoldirishmadi. Zaxirada ikkinchi darvozabon edim. Mening jamoaga yordamim tegishi mumkin bo‘lgan pallalarda ham zaxirada olib o‘tirishdi. Ochig‘ini aytganda, menga ishonch bildirishgani yo‘q.

Demak, siz “Humo”da o‘z faoliyatingizni yangi cho‘qqiga olib chiqmochi ekansizda?

To‘g‘ri aytdingiz. Men o‘sishni istayman. Darvozabon bo‘lishimga qaramay, jamoamizdagi Zdunov, Grigorenko, Sherbina singari hokkeychilardan o‘rganadigan narsalarim juda ko‘p. Eng muhimi o‘sish uchun ishlashda to‘xtamaslik lozim.

 Nima deb o‘ylaysiz, Roman Smiryaginga raqobat tug‘dira olasizmi?

Bo‘lmasachi! Boshqacharoq fikrda bo‘lganimda bu yerga kelib o‘tirmagan bo‘lar edim.

 Oilalilimisz? Yoki sevgan qizingiz bormi? Ularni Toshkentga olib kelish haqida o‘ylamayapsizmi?

- Men sakkiz yildan beri sevgan qizim bilanman. U ayrim sabablarga ko‘ra Moskvada qoldi. Hozircha Toshkentga kela olmaydi. Mavsum so‘nggiga qadar u Moskvada men esa, Toshkentda istiqomat qilamiz. Barchasini kelishib oldik. Mavsumdan so‘ng, uni Toshkentga olib kelaman degan umiddaman. Shunday bo‘lsada, u meni fevral oyida ko‘rgani keladi. Unga shaharni ko‘rsatishga va’da berganman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:13, 16.01.2020.
O'qildi: 3661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик