Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Setyen o‘yin kuni «Barselona» futbolchilarini ertalabki mashg‘ulotga chaqirdi

Setyen o‘yin kuni «Barselona» futbolchilarini ertalabki mashg‘ulotga chaqirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Barselona» bugun Ispaniya La ligasining 20-turi doirasida «Granada»ga qarshi maydonga chiqishiga qaramay, klubning yangi bosh murabbiyi Kike Setyen futbolchilarni ertalabki mashg‘ulotga taklif etdi.

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 11:00da boshlangan mashg‘ulotda asosan nazariy bilimlar beriladi. O‘yinchilar maydonda shug‘ullanishmaydi.

Shuningdek, ushbu mashg‘ulotdan keyin murabbiy bugungi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qiladi. Shu tariqa, Setyen avvalgi murabbiy Ernesto Valverde davrida urfga kirgan o‘yindan bir kun avval qaydnomani e’lon qilish an’anasini buzdi.

Bunday yo‘l orqali kataloniyaliklar bosh murabbiyi futbolchilar maydonga maksimal tayyor holatda tushishiga va ularning bo‘shashmasligiga erishmoqchi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:02, 19.01.2020.
O'qildi: 6902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик