Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Andrey Fyodorov: «Eski futbolchilarni men qaytardim»

Andrey Fyodorov: «Eski futbolchilarni men qaytardim»

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, ertaga "Lokomotiv" OCHL saralashi doirasida “Istiqlol”ni qabul qiladi. Bugun mazkur o‘yin oldidan matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda jamoa posboni Ignatiy Nesterov ishtirok etishdi.

– Mavsumning bunchalik erta boshlanishiga unchalik ko‘nikmaganmiz. Mavsumoldi yig‘inlarida uchrashuv uchun qattiq tayyorgarlik ko‘rdik. Shu boisdan ko‘rilgan tayyorgarlikning mevasini ertaga ko‘rsatmoqchimiz. Yigitlar o‘zlarining professionalligini namoyish qilishdi va o‘zlarini ko‘rsatishga intilishdi.

Ignatiy Nesterov: – Bu o‘yin men uchun alohida ahamiyatga ega. Birinchi marta bunday o‘yinda qatnashyapman. Uchrashuvda g‘alabaga erishib, guruh bosqichiga yo‘llanma olish vazifasini bajarishga intilamiz. O‘tkazilgan yig‘inlar davomida uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.

– O‘tgan mavsumlar davomida “Lokomotiv” deyarli bir xil o‘yin uslubida o‘ynamoqda. Sizda yangi o‘yin uslubi, falsafasi bormi?

– Har doim raqibga qarab o‘ynash qiyin bo‘ladi. Tarkibimizda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Shu boisdan vaziyatdan chiqib ketish kerak bo‘ladi. Ertangi o‘yin orqali siz mavsumda qanday rejalar tuzganimizni ko‘rib olasiz.

– Raqib haqida nima deya olasiz?

– Raqiblarning “Qo‘qon-1912″ga qarshi o‘yinini tomosha qildik. Biroq raqiblarni o‘rganish uchun ko‘p ham imkoniyat bo‘lmadi. Menimcha, “Istiqlol”da ham “Lokomotiv” borasidagi ma’lumoti bizdagi kabi kam. “Istiqlol” bir necha bora finallarda o‘ynadi. Ushbu o‘yinlarni ham ko‘rdik. Raqiblarni iloji boricha chuqur o‘rganishga harakat qildik.

Raqib safidagi bazi futbolchilarni yaxshi bilaman. Ular mening qo‘l ostimda "Rubin" yoshlarida ham o‘ynagan. Hammasi ertaga maydonda hal bo‘ladi. OCHL – hamma ishtirok etishni xohlaydigan turnir.

– Siz "Lokomotiv"ga qaytganizdan so‘ng, ko‘plab futbolchilar ham jamoaga qaytdi. Sobiq futbolchilarni qaytarish sizning ishingizmi yoki rahabriyat qaytardimi?

– Eski futbolchilarni qaytarish – mening ishim. Ularni ancha vaqtdan buyon bilaman. Ushbu futbolchilarning sifatlari, harakatlari menga yoqadi. Yangi futbolchilarni olib kelish klubning byudjeti va murabbiyning xohishiga bog‘liq bo‘ladi.

– “Lokomotiv”da moliyaviy inqiroz yo‘qmi?

– Yo‘q. Bizda bunday holat bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Joriy mavsumda yanada yaxshi bo‘ladi.

– Pley off o‘yinlari bitta bahsdan iborat. Bu ham TOshkentda o‘tyapti bu sizga qanchalik yordam beradi?

–Agar ikkita o‘yin bo‘lganda adolatli bo‘lardi. O‘z maydonimizda ham safarda ham, ammo bu qoidani biz o‘ylab topmaganmiz. Qayerda o‘ynashni farqi yo‘q. Bu xuddi kubok o‘yinlaridek.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:53, 20.01.2020.
O'qildi: 6770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.