Uchrashuvda 1:0 natijasi qayd etilib turgan bir pallada Messining bir o‘zi “Valensiya”ga qarshi durang o‘ynashga qodir edi, biroq kecha butun “Barselona” maydonda edi va ular mag‘lubiyatning asosiy sababiga aylanishdi…
Afsuski, Setyenning qo‘lostida bir nechta ajoyib yigitlar bo‘lishiga qaramay, jamoaning ishlari juda yomon. Himoyadagi asosiy futbolchilarning birortasi yuqori sifatli o‘yin o‘tkazishga tayyor emas. Buni kechagi o‘yin yaqqol ko‘rsatib berdi. Eng muhim musobaqa — Yevropa chempionlar ligasi o‘yinlari oldidan jamoa kerakli formaga kirib olishni uddalay olgani yo‘q. Bozustiga,chempionatdagi yetakchilik ham deyarli qo‘ldan ketdi.
Kechagi uchrashuv haqida
Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq kataloniyaliklar darvozalaridan to‘pni olib chiqishlari mumkin edi, biroq “bechora” Ter-SHtegen penaltini qaytardi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, penaltihimoyadagi Pike va Robertoning xatosidan so‘ng yuzaga keldi. Goldan so‘ng, Setyenning asl fishkasini barcha guvohi bo‘ldi. Hech qanday kombinasiyalarsiz to‘p bilan muomala va himoyadagi xatolar. Ochig‘i,o‘yinni ko‘rgan muxlislar “Betis” va “Barselona” qo‘shilib bir jamoa sifatida harakat qilmoqda deb ham o‘ylab qolishdi. Qaysidir ma’noda Kikeni ham tushunsa bo‘ladi. U “Barselona”ga o‘z uslubini singdirishga harakatqilyapti, biroq bu uslub himoyadagi xatolar va 9-raqamli hujumchining yo‘qligi bois teskari reaksiya bermoqda. “Valensiya” “Barselona”ning to‘pni nazorat qilishiga imkoniyat yaratib berdi. Hisobda oldinga chiqib olgach, yanada xotirjamroq harakat qila boshladi. Soddaroq qilib aytganda,Katoloniya o‘zining “bo‘sh to‘p nazorati” bilan “ko‘rshapalaklar”ni qo‘rqita olmadi. Kike Setyen qo‘l ostidagi “Betis” raqib yarim maydonida 60 foiz to‘p nazoratini o‘rnatsa-da, uchrashuvda 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lishni uddalagan o‘yinlar bo‘lgan. Asosiy urg‘usi aniqlikka qaratilgan payda paslar zamovaniy futbolda allaqachon “chaqilgan yong‘oq”qa aylanib bo‘ldi. Kecha buni “Valensiya” ham isbotladi. Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilishda davom etdi, “Valensiya” himoyada bosh zona qoldirmadi. “Ko‘rshapalaklar”dan ortiqcha hech narsa talab etilmadi. Ular zonalarni yopishdi va o‘z imkoniyatlarini kutishdi. O‘yin davomida De Yongdan deyarli naf bo‘lmadi, Buskets «piyoda» o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Grizmannmaydonni “yondira olamadi”.
Kike “tiki-taka”dan foydalanadimi?
Aslida “tiki-taka” himoyaviy uslubga mo‘ljallangan falsafa. Gvardiola aynan shu uslub yordamida yuqori pressingni amalga oshirar, va raqibmi markazdayoq kutib olish orqali to‘pni egallab olar edi. Keyin esa, tinimsiz paslardan so‘ng, hujumning so‘nggi pallasida qanot futbolchilari zarba pozisiyasiga chiqib borishlari talab etilar edi. Kikening jamoasida istasa ham bunday o‘yin ko‘rsata olmaydi. Sababi, jamoa “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda atigi 6 bor (“Valensiya”da bu ko‘rsatgich 18 tani tashkil etadi) to‘pni pressing yordamida olib qo‘ydi. Achinarlisi shundaki, “Barsa” faqat o‘z jarima maydonchasi atrofidagina bu ishni uddalashga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, “ko‘k-anorranglilar” o‘yin davomida atigi 4 bor aniq zarba berishdi va ularning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan bittaginasi xavfli chiqdi. Jamoa “tiki-taka” o‘ynamayapti. Jamoada aldamchi to‘qqizlikni ajoyib bajaruvchi Grizmannbo‘lishiga qaramay, bu uslubda ham foydalanmayapti.
Kike uchun eng muhim futbolchi kim?
Qanchalar g‘alati tuyulmasin, Setyenning falsafasi uchun eng muhim futbolchi ayni damda Serxio Buskets sanaladi. Messining o‘yini o‘z yo‘liga, biroq Kike uchun to‘p nazoratini aynan Busketsatrofida qurilmoqda.U to‘pni maydon bo‘ylab harakatini ta’minlab beradi. Xo‘sh keyinchi? Aynan mana shu savol Kikening oldida turibdi. Harakat bor, biroq o‘sish yo‘q. Bejizga “Valensiya” darvozasi sari yo‘llangan zarbarlarning 12 tasidan 9 tasi Messiga tegishli emas. Setyenning falsafasi tugallanmagan o‘yin uslubini eslatib yubormoqda.
Valverde va Kikeningmuammolari birmi?
Qaysidir ma’noda “Barselona”ning muammolarida murabbiylarning qisman ta’siri bor. Valverde “Barselona”ning qariya futbolchilari uchun ortiqcha yugurmasdan to‘p surishnita’minlashga harakat qildi va o‘z taktikasida Ter Shtegen, Messi va Suaresga katta katta yuklamalar berar edi. Aynan shu futbolchilarning mahorati evaziga “Barselona” ikki bor ichki birinchilikda g‘olib chiqishni uddaladi. Shu sababli, Valverde qo‘l ostida nemis kipperi ko‘zga yaqqol tashlana boshladi. Kike esa, barchasini boshidan boshlashi kerak. Endi Kike nayzaning uchi – Suaressiz hujum qiladigan jamoani shakillantirishga harakat qilmoqda. Afsuski, De Yong himoyada kutilganidek faollik ko‘rsata olmayapti. Bu Setyenning ishlarini yanada ko‘paytirmoqda. Achinarlisi shundaki, Kike “Barselona”da yaxshi o‘yinni tezda yo‘lga qo‘yishi kerak. Jamoa muxlislari va raxbarlari bunga ko‘nikib qolgan.
Endilikda yangi murabbiy “Bestis”dan farqli o‘laroq “Barselona” uchun “B” planini o‘ylab chiqishi talab etiladi. “Valensiya”ga qarshi o‘yinda ikkinchi o‘yin sxemasining yo‘qligi ko‘zga tashlanib qoldi. Ayrim mutaxassislar vaqt o‘tgani sayin “Barselona”ning o‘yini kuchayishini taxmin qilishlari mumkin, biroq bu unday emas. “Barselona” o‘sha-o‘shaligicha qolmoqda. Haliyam jamoaga kuchli markaziy hujumchi va keskir paslarni ijro etuvchi pleymeyker suv va havodek zarur. Messi bir o‘zi barcha o‘yinni yutib oladigan yoshda emas. Jamoa o‘yinlarda raqibning saviyasizligi orqali, yoki minimal hisobdagina g‘alaba qozonmoqda. Agarda, “Barselona” o‘z vaqtida kerakli transferlarni amalga oshirmasa, o‘zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalni boy berishi aniq. Bu ketishda chempionlik ham azaliy raqiblarga o‘tib ketadigandek ko‘rinmoqda.
Keling, “Mestaliya”da bo‘libo‘tgan uchrashuvga boshqacharoq nazar solamiz. “Valensiya”ning 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlagan o‘yinida hisob yirikroq ko‘rinish olishi kerak edi.
Hakam mezbonlarning qarshi hujumini to‘sib qo‘ydi va Ter Shtegen penaltini bartaraf etdi. Kikedan avvalroq Valverde ham muammolar girdobidan chiqishga urungan bo‘lsa, endi Kike o‘z uslubida vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilmoqda. Muammoning bir uchi murabbiylarga borib taqalsa, ikkinchi uchun tarkib bilan ham bog‘liq. Bugungi kunda “Barsa”ni jamoadagi ayrim futbolchilarning yuqori klassigina ushlab turibdi. Muammoning yechimini faqat murabbiylardan izlash noto‘g‘ri. Yillar davomida amalga oshirilgan omadsiz transferlar va murabbiy tanlashdagi xato qarorlar yangi asrning eng kuchli jamoasini boshi berk ko‘chaga olib ketmoqda. Jamoa bu marshrutdan chiqib ketishi uchun murabbiylar shtabi, futbolchilar, raxbariyat birdek harakat qilishlari zarur. Aks xolda, Setyennig g‘oyalari yangi “Barselona” yaratishga sayozlik qilishi “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda sezilib qoldi.
Y.U