Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Mavsum kashfiyotlari

Mavsum kashfiyotlari

Baho:
+ | -

Bu mavsumda bir nechta futbolchilar ko‘z o‘ngimizda o‘sib borishmoqda. Ularning o‘yinlari kundan-kunga yaxshilanib, o‘zlari mashxur bo‘lib borishmoqda. Bugun ana shunday yigitlarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Federiko Valverde

Madrid jamoasida yangi yulduz yetishib chiqayotganidan xabaringiz bor. Superkubok uchrashuvida Morataga qarshi ishlatgan qo‘polligi bilan jamoaga sovrin yutishga qarashib yuborgan yarim himoyachi mavsumning chinakam kashfiyotiga aylandi.  Mavsum boshida Zidan yangi o‘yin uslubini o‘ylab topmaguniga qadar “Real” tinmay ochko yo‘qotavergani hammaga ayon. Zidan o‘ylab chiqqan o‘yin sxemasida Valverdening tutgan o‘rni beqiyos. U butun markaz bo‘ylab qora ishlarni bajaribgina qolmay,  hujumlarga ham faol qo‘shilishni uddalamoqda. Zidanning aytishicha, urugvaylik yarim himoyachi vaziyatlardan foydalanishdagi muammolarini bartaraf etsa, unga teng keladigan yarim himoyachi sayyoramizda bo‘lmaydi. Darhaqiqat, “Real Madrid” u bilan yangi shartnoma tuzgach, Federikoning badal pulini 750 million yevroga ko‘tarib qo‘ydi.

Ashraf Hakimi

“Real”ning barcha yoshdagi jamoalarida to‘p surgan futbolchi ijara asosida Dortmundda to‘p surayotganidan xabaringiz bor. “Qirollik klubi”dagi ilk marokashlik futbolchi chakki o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsada, hech kimning e’tiborini tortishni uddalay olmadi. Hakimi uchun Bundesligaga yo‘l olish hayotidagi eng omadli qaror bo‘lib chiqishini ko‘pchilik tahmin ham qilmagan bo‘lsa kerak. Qahramonimiz ikki mavsumdan beri “Borussiya”da muhim figuralardan bo‘lib turibdi. Uni goho o‘ng qanot himoyasida yoki chap qanot vingeri sifatida maydonda ko‘rishga ko‘nikib ham qoldik. Universal va jismonan baquvvat himoyachi davom etayotgan mavsum davomida barchamizning ko‘z o‘ngimizda o‘sib bormoqda. Himoyachi uchun 6 ta gol va 6 ta assist chakki natija emas. Bundan tashqari, Ashraf tezlik borasida ham uncha munchasini ortda qoldirib ketishga qodir. Himoyachi bu borada dekabr oyida Bundesliga rekordini o‘rnatishga ham ulgurdi. “Leypsig»ga qarsh uchrashuvda ashraf soatiga 36 kilometr tezlikda yugurishga muvaffaq bo‘ldi. “Borussiya” klubida Ashrafni sotib olish huquqi bor, biroq “Real” o‘z himoyachisni qo‘ldan chiqarib yuborarmikan?

Lautaro Martines

2018 yilning yozida “Inter” tomonidan 25 million yevroga sotib olingan argentinalik hujumchi haqida ko‘pchilik avval eshitmagan edi. Ikardining jamoadan ketishi va Kontening “Inter” tepasiga kelishi Lautaro uchun yangi hayot boshlanishidan darak berdi. Taqdir taqdim etgan imkoniyatni yo‘qqa chiqarmagan hujumchi bu mavsumda top darajaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunga kelib Lukaku vs Martines tandem deyarli har bir uchrashuvda gol kiritishni uddalamoqda. Ayni damda argentinalik hujumchining hisobida 15 ta gol mavjud. Tezkor, tehnikasi yuqori va so‘nggi zarbasi bor 22 yoshli hujumchining sovchilari ko‘payishi tabbiy. Olimpiyachilarimizni tajribasizlik qilishdi deb bahona qilayotgan chog‘imizda, ulardan kichik Lautaro dunyoni zabt etmoqda. Ayni damda “ko‘k-qora”lar hujumchini 90 million yevroga ham “Barselona”ga sotishmadi. Argentina terma jamoasi safida 2019-yilda 8 ta gol kiritgan hujumchining deyarli kuchsiz jihatining o‘zi yo‘qdek go‘yo. Uning bugungi kunda shartnomasidagi badal puli 111 millionni tashkil etadi, biroq tez orada yangilanishi kutilayotgan shartnomada bu summa yanda kattalashishi aniq.

Meyson Maunt

Angliya terma jamoasi safida so‘nggi 60 yil ichida gol kiritgan eng yosh futbolchi haqida bundan bir mavsum ilgari hech kim eshitmagan ham edi. “Derbi”dagi o‘yinlari bilan Frenk Lempardning e’tiborni tortgan futbolchi zamonaviy “Chelsi”ning yangi Lempardiga aylanib bormoqda. Yaqindagina 21 yoshga to‘lgan yarim himoyachi markazda universal. U hujumchi ortida, qanotlarda va kerak bo‘lsa tayanch zonasidagi muammolarni ham bartaraf etishga qodir. Qisqacha qilib aytganda, mavsumning yana bir kashfiyotlaridan biri!

Adama Traore

Barchaning ko‘z o‘ngida yugurishdan boshqasiga yaramaydigan atlet sifatida gavdalangan Traore “Vulverhempton” safida o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazmoqda. Nunu Santush qo‘l ostida o‘z  imkoniyatlarni yo‘qotmagan holda jamoaviy futbolchiga aylangan ispan(aslida Mali davlatidan) APLni zabt etishda davom etmoqda. “Barselona” tarbiyalanuvchisi avvalari ikkita futbolchidan o‘tib ketgach, nima qilishni bilmay qoladigan futbolchi emas. Endilikda u qanotlarda hujumga muhim tempni beruvchi yetakchilardan biriga aylanib bormoqda. Jismoniy imkoniyatlaridan unumli foydalanayotgan vinger bu mavsumda qayta kashf etilmoqda. U kiritgan gollardan 3tasi “Manchester Siti” darvozasidan joy olgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq. 9 ta golli uzatma egasi ko‘z oldimizda tobora atletdan taktik futbolchiga aylanib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:32, 27.01.2020.
O'qildi: 10041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.