Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya kubogi. «Atletik» 120 daqiqa bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, chorak finalga chiqdi (videosharh)

Ispaniya kubogi. «Atletik» 120 daqiqa bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, chorak finalga chiqdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichi doirasida ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bilbaoning «Atletik» klubi Segunda vakili — «Tenerife» maydoniga safar uyushtirib, katta qiyinchilikka uchradi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq bilbaoliklar darvozaboni Errerin maydondan chetlatildi. Oradan ko‘p o‘tmasdan mezbonlar penaltidan hisobni ochishdi.

Umuman olganda, "Tenerife" o‘yin davomida 3 marta (asosiy vaqtda 2 marta, qo‘shimcha bo‘limlarda 1 marta) hisobda oldinda borgan bo‘lsa, "Atletik" har safar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa omad La liga jamoasiga kulib boqdi va "Bilbao" chorak finalga yo‘l oldi.

Ispaniya kubogi, 1/8 final
Tenerife – Atletik 3:3 (2:1, 0:1, 1:0, 0:1), penaltilar bo‘yicha - 2:4
Gollar: 1:0 – 8, penalti Moreno, 1:1 – 17 Uilyams, 2:1 – 21 Moreno, 2:2 – 54 Uilyams, 3:2 – 105, penalti Dani Gomes, 3:3 – 118 Berchiche.
Tenerife – Ortola, Peres, Munyos (Matias Nauel, 76), Shipchich, Mur, Milya, Ruis Arenaga, Alonso (Sans, 67), Undabarrena (Dani Gomes, 91), Moreno, Eliot (Dani Lasure, 51).
Atletik – Errerin, Lekue (Kapa, 105), Nunyes (Eskyeta, 5), Yeray Alvares, Berchiche, Raul Garsiya, Unai Lopes (Vesga, 83), Muniain, Dani Garsiya, Martines, Uilyams (Vilyalibre, 96).
Ogohlantirishlar: Uilyams (7), Undabarrena (22), Munyos (30), Dani Garsiya (38), Ruis Arenaga (41), Raul Garsiya (77), Mur (92), Berchiche (92), Martines (99), Ortola (116).
Chetlatishlar: Errerin (2), Ruis Arenaga (94).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:07, 29.01.2020.
O'qildi: 5354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик