Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko APLning 25-tur doirasida «Tottenxem» klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda olgan qizil kartochkasi uchun jamoadaoshlari va klub muxlislaridan kechirim so‘radi.
— Jamoadoshlarim va muxlislar oldida kechirim so‘rayman. Shubhasiz, bu mening aybim bo‘ldi. Bu men uchun yaxshi dars bo‘ladi. Keyinchalik bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka va’da beraman, — deb post qoldirdi Zinchenko o‘zining “Instagram”dagi rasmiy sahifasida.













