Turinning «Yuventus» klubi sobiq hujumchisi David Trezege A Seriyada ketma-ket 9 ta uchrashuvda gol kiritgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
«Umid qilamanki, Ronaldu mening rekordimni yangilaydi. U uchun juda xursand bo‘laman, chunki u dunyo futbolida o‘z nomini yozib qoldirishga haqli.
Ronalduni sotib olish«Yuventus»ning so‘nggi 10 yildagi oldin tashlagan qadami bo‘ldi. Aynan Ronaldu sabab “Yuve” chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin», — dedi Trezege.













