Stadion.uz “Ayaks” jamoasining yangi avlodi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadi.
Gollandiya chempionining o‘yinini tajribali jangchilar(Ziyech, Tadich, Blind, Onana, Nerez, van De Bek) belgilab berishlar turgan gap, biroq “Ayaks”da yangi nomlar ham yo‘q emas. Bu jamoa o‘zining iqtidorli yoshlarni katta arenalarga olib chiqishda davom etmoqda. Hozircha akademiyaning yangi bitiruvchilari nomini eslab qolish qiyin, biroq bu vaqtincha xolat…
Karel Eyting
21 yoshli Karel Eytingni olaylik. Bundan bir mavsum ilgari asosiy tarkibga kira olmagani uchun jamoani tark etmoqchi bo‘lgan futbolchi endilikda markazda o‘yinni “yondirmoqda”. Masalan yaqindagina PSVga qarshi uchrashuvda tayanch yarim himoyachisi o‘z imkoniyatlarini barchaga ko‘rsatib qo‘ydi.Uchrashuvni tomosha qilganlar bo‘lsa, biladi. Futbolchi o‘yindagi yagona golni bir o‘zi tashkillashtirdi va so‘ngi pasni ham o‘zi berdi. Eng qizig‘i shundaki, super iqtidor egasi sanalgan Karel ham “Ayaks”ning asosiy tarkib futbolchisi emas. Unga topshirilgan 8 raqamga mos bo‘lishi uchun yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi talab etiladi. Agarda, jamoa Karelga bunday imkoniyatni yaratib bersa, tez orada butun Yevropa bu futbolchi haqida so‘zlashni boshlaydi. Ishonavering!
Rayan Gravenberg
Maydon markazida Karelning yonginasida undanda yoshroq yana bir futbolchi jadallik bilan o‘sib bormoqda. Sezganingizdek, so‘z Rayan Gravenberg haqida bormoqda. Endigina 17 yoshni qarshilagan fubolchi jamoa safida eng yosh debyut qilgan futbolchi sifatida Zeydorfning rekordini tortib olishga ham ulgurdi. Darhaqiqat, uning o‘yin uslubi ham gollandiyalik afsonaviy futbolchini esaltib yuboradi. Rayan himoyaga yordam berishda benazir. Kerakli palalarda jamoasi uchun uchinchi himoyachiga aylanishni uddalagan futbolchi hujumlarga ham qo‘shilishga vaqt tomadi. Uning hisobida ayni damda 2 ta gol bor ekanligi ham so‘zimizga isbot bo‘ladi. Qahramonimiz yuqori tehnikaga ega bo‘lmasada, hayratlanarli darajada jismoniy imkoniyatlar egasi. Menimcha, bu yigit ham jamoada uzoq ushlanib qolmasa kerak.Sababi, ko‘plab mutaxassislar uni Yevro 2020da Gollandiya terma jamoasi libosida paydo bo‘lishini tahmin qilishmoqda.
Yurgen Ekkelenkamp
Bu futbolchi klub muxlislari tomonidan ikkinchi Yari Litmanen bo‘lishi tahmin qilinmoqda. Uning o‘yin uslubi ham finlandiyalik futbolchini eslatib yuborishi bor gap. Ishonsangiz ularning xatto tashqi ko‘rinishi ham juda o‘xshash. Uni Litmanendan o‘zib ketishi haqida so‘zlashga erta, biroq “Ayaks” murabbiylari futbolchini Gollandiya futbolining so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi deb ta’rif berishmoqda. Bunday iltifot Yevropada duch kelgan futbolchilarga ham ko‘rsatilavermaydi. 19 yoshli hujumchi asosiy tarkibda oz ko‘ringan bo‘lsada, gol kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi va o‘ziga bildirilayotgan keditlarni to‘liq oqlashga tayyor ekanligini sezdirib qo‘ydi. Gol kiritganidan so‘ng, “Ayaks”ning yoshlar jamoasi sardorini tez-tez asosiy tarkibga jalb etish boshlandi. Barchasi ko‘ngildagidek ketsa, ko‘p o‘tmay katta arenalarda bu yigitni uchratishingiz aniq.
Serjinyo Dest
19 yoshli yigitcha allaqachon asosiy jamoaning asosiy futbolchisi darajasiga ko‘tarilishga ulgurdi. O‘ng qanot himoyasida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushayotgan Destning kelajagi borasida uzoq so‘zlash mumkin. To‘g‘ri, ba’zan unda xatolar ham uchrab turadi, biroq zamonaviy futbolda xato qilmaydingan futbolchi yo‘q hisob. Boz ustiga 19 yoshli futbolchilar asosiy jamoada debyut qilish haqida bosh qotirayotgan bir paytda, Serjinyo maydonda “javlon urmoqda”. Shunga qaramay, “Ayaks”ning yangi yulduzchalari orasida u eng qimmati. Ayni damda Serjinyoni qo‘lga kiritishni istagan jamoa 12 millio yevrodan voz kechishi tala etiladi. E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz shaxsan Ronald Kumandan taklif bo‘lishiga qaramay, AQSH terma jamoasida to‘p surishni avzal ko‘rdi.
Nao Lang
“Ayaks”ning yoshlari haqida so‘z ketar ekan, Langni esalb o‘tmaslik mumkin emas. To‘g‘ri, ayni damda u jamoa safida emas, biroq uning imkoniyatlari juda katta. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lish ilinjida “Tvente” safiga borib qo‘shilgan. Rasman "Ayaks" futbolchisi. 20 yoshli Nao Gollandiya birinchiligida xet-trik qilishga ham muvaffaq bo‘lganidan so‘ng, “Tvente” uni o‘z safida olib qo‘lishga harakat qildi, biroq “Ayaks” Naoni ortga qaytarishini darrov ma’lum qildi. Katta ehtimol bilan kelasi yil futbolchi jamoa safida to‘liq asosiy futbolchi sifastida mavsumni boshlaydi.