Londoning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Xarri Keynni qachon maydonga tushishiga aniqlik kiritdi.
— Xarri 9 may kuni «Lester» klubiga qarshi bo‘ladigan o‘yinga maydonga tushadi, — dedi Mourinyo talkSPORT nashriga bergan intervyusida. — Ehtimol, ushbu uchrashuv biz uchun muhim bo‘lar. Umid qilamanki, Keyn o‘sha uchrashuvda bizga yordam bera oladi.













