Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Rasman: “Humo arena” sport saroyi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Rasman: “Humo arena” sport saroyi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda joylashgan muhtasham “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyi 2022 yilda figurali uchish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Bu haqda O‘zbekiston qishki sport turlari assosasiyasi raisi Hakim To‘laganov ma’lum qildi. Ushbu nufuzli musobaqaga munosib hozirlik ko‘rishni ta’minlash maqsadida Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) “Humo arena” sport saroyiga yana ikkita nufuzli musobaqani ishonib topshirdi.

Dastlab, joriy yilning 27 avgust va 12 sentyabr kunlari figurali uchish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida xalqaro Gran-pri musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada jami 27 ta davlatdan 300 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2021 yilda ham figurali uchish bo‘yicha “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyida o‘smirlar o‘rtasida yana bir yirik turnir tashkillashtiriladi. Bu gal poytaxtimizda to‘rt qit’a birinchiligi musobaqasi o‘tkazilishi belgilangan.

Keyingi yilning avgust va sentyabr oylarida o‘tishi kutilayotgan turnirda Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya qit’alarining iqtidorli sportchilari g‘oliblik uchun muzga chiqishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 19:07, 06.02.2020.
O'qildi: 4904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.