Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Davron Fayziyevdan anons: Romeo va Julyeta yashagan Verona shahri

Davron Fayziyevdan anons: Romeo va Julyeta yashagan Verona shahri

Baho:
+ | -

Uilyam Shekspir o‘zining shoh asaridagi voqealarni aynan shu shaharda tasvirlagan. Romeo va Julyeta tragediyasi insonlar qalbidan shu qadar chuqur o‘rin egallaganki, ushbu voqea real hayotda ro‘y berganiga hamma ishonishni boshlagan.

Aslida Montekki va Kapuletti oilalari Veronada yashaganmi, dushman bo‘lishganmi, yigit va qiz sevgi yo‘lida qurbon bo‘lishganmi yo‘qmi, bu borada aniq dalil isbotlar yo‘q. Biroq Verona shahri baribir turistlar tashrifi bo‘yicha yetakchilardan bo‘lib qolmoqda. Shahar ma’muriyati ba’zi tarixiy maskanlarni «Romeo va Julyeta»ga adaptasiya qilgan. Ya’ni hozirda Veronada Julyetaning hovlisi, balkoni va qabri, Romeo xonadoni va shunga o‘xshash tarixiy feyk ob’ektlar bor. Natijada Verona shahri byudjeti turizmdan eng katta daromad ko‘radi. Yo‘q tarixdan daromad. Boridan qilolmaslik uyatda rostan ham. Mayli, bu boshqa mavzu.

Shekspir qalblarni larzaga solgan. Negaki har bir inson ongida mana shunday kichik tragik asar yashaydi, Shekspir esa uni eng ta’sirchan va go‘zal shaklda izohlagan. Veronani ham bejiz tanlamagandir. Asar ustida 3 yil davomida ishlagan deyishadi. Demak, Shekspir shahar ko‘rki, urf-odatlari, o‘sha paytdagi ijtimoiy siyosiy muhiti uning tasavvuridagi eng romantik va eng qayg‘uli hikoyaga mos bo‘lgan.

Bugun Verona shahrida Italiya A seriyasi yetakchisi "Yuventus" mehmon bo‘ladi.

Ushbu uchrashuvni birgalikda tomosha qilamiz.

00:45. FUTBOL-TV. "Verona" - "Yuventus".

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 14:30, 08.02.2020.
O'qildi: 3081 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.