Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Anons: Cho‘kayotgan «Vest Hem» Gvardiola jamoasiga qarshi

Anons: Cho‘kayotgan «Vest Hem» Gvardiola jamoasiga qarshi

Baho:
+ | -

"Vest Hem"ni 18-o‘rinda ko‘rish biroz noodatiy holat. Bu - klub rahbariyati maqsad va rejalarida umuman bo‘lmagani aniq. Londonliklar Angliya chempioni unvoniga ega Manuel Pellegriniga bu mavsum avvalida ham imkon berishdi. Yozda tarkib bir muncha kuchaydi. Ammo, start ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Darvozabon Fabiyanskining jarohati ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Har holda bu Pellegrini aytgan gap. Murabbiy o‘z iste’fosiga va klubning omadsizligiga ikkinchi golkiper Robertoning surunkali xatolari sabab bo‘lgani ta’kidladi.

Nima bo‘lganda ham Manuel endi yo‘q. Uning o‘rniga kelgan mutaxassis ham Angliya futbolidagi oxirgi shaxs emas, har holda. Devid Moyes! "Everton"dagi ijobiy MYUdagi salbiy xotiralar bilan yodga olinadigan murabbiy. Mana unda imkoniyat - "Vest Hem" singari klub bilan yana imidjini yaxshilab olishi mumkin. Biroq, uning ham ishlari yomon boshlandi. Hozir klub so‘nggi 5 o‘yinda 3 mag‘lubiyat, 2 durang qayt etgan. 6-o‘yinda biror narsa o‘zgarmasa kerak! Chunki raqib - "Manchester Siti"!

Gvardiola jamoasi yakunlanayotgan haftada asosan Messi bilan bog‘liq xabarlar episentrida bo‘ldi. Murabbiyning o‘zi ham qatorasiga ikki mavsum chempionlikdan so‘ng arab shayxlari endi undan CHL bosh sovrini kutayotganini biladi. Shuningdek u, o‘zi klubda yaratgan mashinaga supermator kerakligini ham, bu Messi bo‘lishi lozimligini ham yaxshi biladi.

Lekin, gap hozir bu haqida emas. Shaharliklar oldidagi birlamchi maqsad "Liverpul" jamoasining chempionligini iloji boricha ortga surish. Afsuski, holat bor-yo‘g‘i shunday. Farq katta. "Vest Hem"ga qarshi o‘yin muammo bo‘lmasligi lozim. Sterlingning safdan chiqqani va Zinchenkoning diskvalifikasiyasi natijaga katta ta’sir qilmasa kerak. Yana kim biladi, deysiz! Buyog‘ini birga ko‘ramiz!

Soat 21:30, UzReport TV:
"Manchester Siti" - "Ves Hem"

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovorif
Kiritildi: 14:35, 09.02.2020.
O'qildi: 2537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.