Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Gvardiola Angliya futbolini tanqid qildi

Gvardiola Angliya futbolini tanqid qildi

Baho:
+ | -

 Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi ustozi Pep Gvardiola Angliya futbolidagi og‘ir taqvim va “Liveprul” haqidagi savollarga javob berib o‘tdi.

- Aytingchi, nega jamoada jarohat olganlar soni ko‘payib ketdi?

- Menning vazifam jamoani shug‘ullantirish. Angliya futboli haqida so‘zlash emas. Shunday bo‘lsada, hozir barchasini ochiqchasiga aytmoqchiman. AFA bizni ikki kun dam olib yana maydonga tushishimizni talab qilmoqda. Bu juda noto‘g‘ri deb hisoblayman. 90 daqiqa to‘p surgan yigitlarning tiklanishi uchun kamida 4 kun kerak. Bu mening yemas, shifokorlarning so‘zlari. Hech bo‘lmaganda 80 foiz quvvatni tiklab olish uchun 4 kun talab etiladi. Tasavvur qiling, o‘tgan kuni yigitlar maydonda harakat qilishdi va to‘liq tiklanmay bugun yana maydonga tushishlari kerak. Bu juda ham og‘ir. Shunday bo‘lsada, hech kim hech narsani o‘zgartirmoqchi emas. Buni aniq bilaman-ki, biz kelasi mavsumda ham shu muammo bilan to‘qnash kelamiz. Mana shunday taqvim sababli futbolchilar ko‘p jarohat olishlari tabiiy.

Bundan tashqari, futbolchilarning aksariyati terma jamoaga ham jalb etiladi. Bunday taqvim bilan hamma narsa bo‘lishi mumkin. Afsuski, Angliyada barchasi shunday qurilgan. Avvaliga “Liga kubogi” keyin “Angliya kubogi” va APL o‘yinlari. Men ularning tartibini eslay olmasligim mumkin, biroq aynan shu musobaqalarda mavsum davomida tinmay maydonga tushish talab etiladi. Ortiqcha qo‘shimcha qilishimga xojat yo‘q.

- Romeu Lukakuning intervyusida futbolchilar irqchilikka qarshi kurash olib borishlari kerakligini aytdi. Sizningcha futbolchilar irqchilikka qarshi kurashishi kerakmi?

- Bu borada nafaqat futbolchilar, balki maktab, bog‘cha va eng muhimio oilalar shug‘ullanishi kerak. Albatta biz kabi mashxur insonlar ham qarab turmasligimiz lozim. Agar irqchilikka qarshi qandaydir tashabbus ko‘tarilsa, biz buni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

- “Liverpul” g‘alaba qozonishda davom etmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, ular siz o‘tgan mavsumda o‘rnatgan rekordni( APL o‘yinlarida 100 ochko jamg‘argan birinchi jamoa) yangilay oladimi?

- Bo‘lishi mumkin. Rekordlar ularni boshqalar yangilashi uchun o‘rnatiladi. O‘z vaqtida biz bu rekordni biz o‘rnatgan edik, biroq mavsum oldidan bu ishni amalga oshirishimiz hech kimning hayoliga ham kelmagan edi. Ertami-kechmi bu ish albatta amalga oshadi. Balki bu mavsumda, balki kelasi mavsumda bu rekord albatta yo‘qqa chiqishi aniq.

- “Liverpul”ni yengishning iloji bormi?

- Bu oson ish emas. Oson bo‘lmagani bois, ularni hech kim to‘xtata olmayapti. Shu sababli ular g‘alaba qozonishda davom etishmoqda deb hisoblayman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:59, 11.02.2020.
O'qildi: 11284 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.