Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

OCHL. «Paxtakor» yirik hisobda g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi

OCHL. «Paxtakor» yirik hisobda g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi

Baho:
+ | -1

"Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Arveladze shogirdlari Eronning "Shahr Xodro" klubini qabul qilib, yirik hisobda zafar quchishdi.

Birinchi bo‘lim mezbonlar uchun oson kechmadi. Ha, paxtakorchiklar hujumkor o‘yin namoyish qilishdi, ammo avtomobilsozlarning hujumlari ham xavfli chiqdi. Ayniqsa, taym o‘rtalarida tashkil etilgan hujum paytida Eldor Suyunov ikki marta seyv namoyish etishiga to‘g‘ri keldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa shri-lankalik hakam "Shahr Xodro" darvozasi tomon penalti belgilamadi. Cheranning zarbasidan keyin darvoza tomon borayotgan to‘p himoyachining yuqoriga ko‘tarilgan qo‘liga tekkan edi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalari esa mezbonlar uchun samarali bo‘ldi. Masharipov bir himoyachini aldab chap tomondan jarima maydoniga kirdi va orqaroqda ochilgan Sergeev tomon uzatma berdi. Igor o‘ng oyoq bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib Masharipov - Hamdamov - Sergeev kombinasiyasidan keyin Igor "dubl"ni rasmiylashtirdi.
 
Bahsning 84-daqiqasida eronliklar "standart"dan gol urishga yaqin kelishdi. Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Qosiminajod yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytdi.

O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida "Paxtakor" jarima zarbasidan raqib darvozasiga uchinchi to‘pni kiritdi. Masharipovning yuqoridan bergan uzatmasini A’zamov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, Arveladze jamoasi ikki o‘yindan keyin 6 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi.

OCHL, "B" guruhi, 2-tur
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent
"PAXTAKOR" - "SHAHR XODRO" - 3:0 (0:0)
Gollar: Igor Sergeev (56, 59), Sherzod A’zamov (87)
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimes (S), Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev (Humoyunmirzo Iminov 84), Dostonbek Hamdamov (Asad Sobirjonov, 90+1), Dragan Cheran (Eren Derdiyo‘q 90), Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev.
"Shahr Xodro": Mahdi Rahmati, Ali Ne’mati, Muhammad Moradmand, Farshad Faraji, Hassan Ja’fari, Akbar Sodig‘i, Milad Sarlak, Said Sodig‘i, Muhammadg‘ozi Najafabadi, Muhammadrizo Xalatbari, Ruhuloh Sayfullohi.
Hakamlar: Dilan Perera, Gedara Palitxa, Sanjiva Premalal, Nivon Robesh (barchasi Shri-Lankadan).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:53, 17.02.2020.
O'qildi: 7326 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик