Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

«Shahr Xodro» murabbiyi: «Bizda yutqazish degan narsa yo‘q. G‘alaba qozonish yoki o‘rganish»

«Shahr Xodro» murabbiyi: «Bizda yutqazish degan narsa yo‘q. G‘alaba qozonish yoki o‘rganish»

Baho:
+ | -

OCHL 2-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shahr Xodro” (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Stefano Kuzin ishtirok etdi.

– Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. 3ta imkoniyatdan foydalana olmadik. Agar birinchi gol ura olganimizda, o‘yin natijasi umuman boshqacha bo‘lardi. Ikkinchi taymni ham yaxshi boshladik, 1-goldan so‘ng yigitlarning ruhiyati tushib ketdi va qarshi hujumlarda jazolandik. Ammo futbolchilarim ko‘rsatgan o‘yindan faxrlanaman.

– Hisob 2:0 bo‘lganidan so‘ng o‘ng qanot himoyachisini almashtirdingiz. Bu hisobni yiriklashib ketmasligini oldini olishmidi yoki qandaydir boshqa rejangiz bormidi?

– Bu o‘yin natijasini o‘zgartirish uchun emas, uchrashuv shunday ko‘rinish olgani uchun bo‘lgan almashtirish edi.  O‘tkazib yuborilgan gollardi uning aybi yo‘q.

– Bugungi o‘yinni boshqarib borgan hakamlar haqida qanday fikrdasiz? 

– Ularning xatti-harakatlaridan ko‘nglim to‘lmadi, bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘yishdi. Agar ular penalti belgilashganda o‘yinning natijasi butkul boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

– Safingizda ukrainalik legioner bor, biroq deyarli uni maydonga tushirmayapsiz...

– Bu futbolchini o‘ynatmoqchi edik. Lekin «Paxtakor»dek jamoaga qarshi 2ta markaziy hujumchi bilan o‘ynay olmasdik. Ularning himoyasida baland boylik himoyachilar mavjud edi.

– "Paxtakor" va "Al Hilol"ga qarshi o‘ynadinglar ikki jamoa haqida qanday fikrdasiz?

– «Al-Hilol» – Osiyoning eng kuchli jamoasi. «Paxtakor» esa yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olib, shakllanib borayotgan jamoa. "Paxtakor" haqida bir narsa deya olmayman. Ular uchun mavsum endi boshlandi. Bu klub haqida 1 oydan so‘ng xulosa chiqarsa bo‘ladi.

Biz italiyalik murabbiylarda bir gap bor: g‘alaba qozonamiz yoki o‘rganamiz. Bugun biz o‘rgandik. Jamoamiz birinchi bor OCHLda qatnashayotganini ham e’tiborga olish kerak.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:29, 17.02.2020.
O'qildi: 5117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик