Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Xayrulla Hamidov maqolasi: Oddiy buyuklik

Xayrulla Hamidov maqolasi: Oddiy buyuklik

Baho:
+ | -

Inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan klublar, har qanday muammoni yengib o‘tishni, ming bor yiqitsalar, ming bir marta o‘rindan turishni “Yuventus”dan o‘rganishlari zarur. Futbolchilar esa, Roberto Badjodan...

Futbolchi faqatgina yashil maydon ijrochisi emas, hayotda ham gohida nimanidir o‘rgata oladi. Badjo siymosi uning ko‘ksidagi oltin medallar bilan emas, hayratli natijalari bilan emas, aynan qiyin onlarda inson o‘zini qanday tutishi bilan eslanadi. Umrbod jarohatlar bilan to‘p surgan, millat jamoasi uchun klublar liboslarini paypoqdek almashtirgan, jahon chempionati arafasida sayyoraning eng yaxshi futbolchisiga aylanib turavergan yulduz bugun 53 yoshni qarshi oldi.

Bugungi futbol Badjoni tushunishi qiyin. Manfaatlar ustiga qurilgan yashil maydon o‘yini Roberto o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar oldida kompyuter ortiqcha yukni ko‘tara olmay “qotib qolgandek” osilib qoladi.

Ishoning, men qiyin paytlari ulug‘ avliyolar hayotini, o‘gitlarini eslash bilan birga nimagadir “hayot sahnida hech narsani o‘rgatishga yaroqsiz” futboldan faqat Badjoning faoliyatini xotirga olib, nedir halovat topardim. Inson harakat qilsa, sabr mezonida tursa, boradi o‘sha manziliga, derdim. Robi jimgina kurashishni, dunyo seni unutib yuborganda ham taslim bo‘lmaslikni o‘rgatardi go‘yo.

Badjoning fe’li butkul boshqacha. U o‘zining suyumli “moviy libosi”da jahon chempioni bo‘la olmasa-da, 2006 yili barcha italiyalik singari quvongan. “Men tarkibida yo‘qmanku, bular mendan keyin g‘olib bo‘lishdi-ku” demagan. Del Pyero gol urganida, o‘g‘ilchasini quchoqlab ko‘tarib olganini hikoya qilgan. U terma jamoasini, Vatanini rostan sevganki, o‘zining qahramonligisiz kechgan mundialda ham termasi uchun shodlana olgan. Haqiqiy italiyalik deb qo‘yishadi Badjoni. Aslida haqiqiy insonning insofli qarashlari...

Badjo tengilar murabbiy bo‘lib faoliyat yuritishyapti. U bu ishga qo‘l uradimi, yo‘qmi, bilmadim. Ammo “uzunsoch” murabbiy bo‘lmasa ham ajablanmayman. Hammadan ko‘ra ko‘proq ter to‘kkan, oqibatda hammadan omadsiz bo‘lib chiqqan daho tasavvurimizda futbolchi bo‘lib qolgani yaxshiroq. Faoliyatida oxirgi nuqtasi topilmaydigan yagona yulduz o‘laroq...

Ruslar aytganidek, Pushkinni biz qariganini tasavvur qila olmaymiz. Badjoni ham...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 21:38, 18.02.2020.
O'qildi: 4825 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.