Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Pep Gvardiola: «Har qanday holatda ham «Man Siti»da qolaman»

Pep Gvardiola: «Har qanday holatda ham «Man Siti»da qolaman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Vest Xem»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:0)dan keyin o‘zining kelajagi haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Hali hammasi tamom degani emas. UYEFAning qarorini adolatsizlik deb hisoblaymiz. Shuning uchun apellyasiya beramiz.

Biz faqat maydonga chiqamiz va 4 yildan beri qilayotgan ishimizni bajaramiz. Men klubga yuz foiz ishonaman. Menga barchasini tushuntirishdi.

Har bir o‘yinda kurash olib boramiz. Vaziyatga optimistik ruh bilan qarayapmiz. Umid qilamiz, adolat tantana qiladi va biz kelasi mavsumda chempionlar ligasida ishtirok etamiz.

Agar meni iste’foga chiqarmasa, jamoada yuz foiz qolaman. Birinchidan, o‘zim klubda qolishni istayman. Bu shartnomadan ko‘ra yuqoriroq narsa. Avval ham aytganman va yana takrorlayman, men jamoada qolib, bu bosqichni klubni qo‘llab-quvvatlashni xohlayman.

Bizni quyi divizionga tushirib yuborishsa ham klubda qolamanmi? Nima uchun ketishim kerak? Men bu jamoani yaxshi ko‘raman. Har qanday holatda ham bu jamoada qolaman», – dedi Gvardiola.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:00, 20.02.2020.
O'qildi: 4516 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик