Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Gvardiola : “Men yurist emasman”

Gvardiola : “Men yurist emasman”

Baho:
+ | -

Gardiola “Manchester Siti” tushib qolgan vaziyat va klubdagi atmosfera haqida intervyu berdi.

 

- So‘nggi kunlarda jamoa boshiga tushgan ishlar haqida qanday fikrdasiz va qanday yo‘l tutmoqchisiz?

- Bo‘lar ish bo‘ldi, biroq hali hech narsa o‘z yakuniga yetgani yo‘q. Xabaringiz bo‘lsa, Soirriano klub rasmiy sayti uchun bayonot berdi. Unda aytilishicha, “Manchester Siti” UEFA bilan sudlashishga tayyor. Biz u bilan bu borada gaplashib oldik. Ochig‘i, jamoam maydonda ko‘rsatayotgan o‘yini bilan Yevro kuboklarda ishtirok etishga yuz foiz haqli deb xisoblayman. Jamoamning sofligiga 100 foiz ishonaman. Biz haqimizda qanday fikrlar paydo bo‘lishiga qaramay, o‘z pozitsiyamizda qolamiz. Agar kim o‘zining haq ekanligiga ishonsa, u o‘z pozitsiyasi uchun kurashishi kerak. Shu sababli bizning jamoa o‘zining qing‘ir ishlarga aralashmaganini isbotlash uchun bor kuchini ishga soladi.

Murabbiy sifatida shuni aytishim mumkin-ki, biz qolgan 3 oy davomida har bir uchrashuvda bor kuchimiz bilan kurash olib boramiz.Sababi juda odiy. Biz muxlislar uchun maydonga tushamiz va har qanday vaziyatda ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

Hayot doimmo insonlarga kutilmagan sovg‘alarni taqdim etib kelgan. Muhimi ushbu sovg‘lardan unumli foydalanish.O‘ylashimcha barchasini yengib o‘tishga qodirmiz.

- Jamoani 2 mavsumga Yevro kuboklara mahrum bo‘lishi qanchalar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin?

-  Albatta bu bizga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Shunday bo‘lsada hali so‘nggi qaror qabul qilingani yo‘q.Hozircha jazolar haqida so‘zlash noto‘g‘ri deb xisoblayman. Men yurist emasman va sud jarayoni qanday yakun topishidan bexabarman. Qo‘limizdan keladigani ish bu faqat g‘alaba qozonish. So‘nggi qaror chiqmagunga qadar sabr qilishimizga to‘g‘ri keladi. Keyin bu vaziyatni to‘liq muhokama qilishimiz mumkin.

- Bu xabardan so‘ng, jamoadagi futbolchilarda qanday kayfiyat hukumron edi?

- Qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonganimizni ko‘rgan bo‘lsang kerak. Jamoaning kayfiyati qanday ekanligni maydonda ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan bilib olishing mumkin. “Tottenhem” va “Manchester Yunayted”ga o‘yinlarni boy berganimizda ham yomon o‘ymagan edi. Biz hali xam o‘z darajamizdamiz. So‘nggi o‘yinimizda ikkita gol urdik va to‘liq maydonda hukmronlik qildik. “Vest Hem” bilan o‘yindagi ko‘plab aspektlardan ko‘gnlim to‘ldi. “Bolg‘achilar”ga qarshi uchrashuvimizdagi agressiyaga e’tibor qaratdingmi?

Himoyalanishimizdan ko‘nglim to‘ldi. Aynan o‘sha uchrashuvda biz barchaga o‘z reksiyamizni namoyish etdik deb xisoblayman. Men jamoamda xotirjamlik saqlanib turganiga shubha qilmayman. Agar jamoam yengilsa ham saviyali futbol o‘ynashini istayman. Aynan shu jabhada oqsamasak bo‘lgani, natija yakunda baribir bizning foydamizga ishlaydi.

Manba: sports.ua
Kiritildi: 14:26, 20.02.2020.
O'qildi: 2275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.