Turinning «Yuventus» klubi darvozaboni Djanluidji Buffonning fikricha, «Lasio» skudetto uchun kurashda eng xavfli raqib hisoblanadi.
- Maqsadga erishish uchun nimanidir o‘zgartirni sinab ko‘rish kerak. Umid qilamanki, Sarri jamoamizda qoladi, chunki bu biz nimanidir yutganimizni anglatadi. Agar «Inter» Yevropa Ligasining keyingi bosiqichiga yo‘l oladigan bo‘lsa, u holda «Lasio» klubi chempionlik uchun kurash olib boradigan eng xavfli klubga aylanadi. Chunki, ular faqat yakshanba kuni o‘ynashmoqda, - Buffonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.