Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozgi transfer bozorida yangi futbolchilar sotib olishini mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Bunday bo‘ladi deb o‘ylamayman. Menimcha, bugungi kunda futbolchilarni topish oson emas, chunki ular judda qimmat, bu oson bo‘lmaydi.
Klubimiz barqaror bo‘lishi kerak. Bizni hozirgi vaziyatimizda kutishdan boshqa choramiz yo‘q. Financial Fair Play bilan bog‘liq bizning hozirgi fikrimiz – apellyasiya berish. Hozir biz kutishimiz shart. Biz oldimizda turgan uch oyni o‘tkazamiz va mavsum yakuniga yetgach vaziyat qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Klub bilan birgalikda nafaqat keyingi mavsum uchun, balki, keyingi uch, to‘rt yilni yaxshiroq o‘tkazishni hal qilmoqchimiz»-dedi Gvardiola.