Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Real» uchun dejavyu boshlanmoqdami?

«Real» uchun dejavyu boshlanmoqdami?

Baho:
+ | -

«Real Madrid» uchun o‘ta muhim hafta o‘tmoqda. Ushbu hafta "Qirollik klubi"ning ushbu mavsumdagi taqdirini hal qilib beruvchi davr bo‘lishi mumkin, xuddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi...

O‘tgan mavsumning xuddi shu davriga kelib Santyago Solari boshqaruvidagi "qaymoqranglilar" bir hafta ichida birdaniga 3ta sovrindan mahrum bo‘lishgan edi.

Ispaniya kubogi

2018/2019 mavsum
O‘tgan yili "Real" Ispaniya kubogining yarim finaligacha yetib kelib, bu bosqichda "Barselona" bilan to‘qnash kelgan edi. Fevral oyi boshida "Kamp Nou"da o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda madridliklar 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. Ammo 27 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda esa Solari shogirdlari 0:3 hisobida yutqazib, musobaqa bilan xayrlashishgan edi.

2019/2020 mavsum
Ushbu mavsumda esa Zidan ushbu "vazifa"ni ertaroq "uddaladi". Bu safar jamoa chorak finalda o‘z uyida "Real Sosyedad"ga 3:4 hisobida yutqazdi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi. Dejavyu №1!

La liga

2018/2019 mavsum
O‘tgan mavsumni ancha muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan "Real" fevral oyiga kelib peshqadam "Barsa"dan 9 ochko ortda qolib ketgan edi. 2019 yilning 3 mart kuni bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"dan so‘ng ("Real" - "Barselona" - 0:1) farq 12 ochko yetdi. Ushbu to‘qnashuvdan keyin madridliklar amalda chempionlik bilan xayrlashishdi. Mavsum so‘ngida esa jamoa nafaqat chempionlikdan, balki 2-o‘rindan ham quruq qolgandi.

2019/2020 mavsum
Zidan jamoasi Ispaniya chempionatidagi ketma-ket 2ta o‘yinda umumiy hisobda 5 ochko yo‘qotdi. Ikki tur oldin "Barselona" 3 ochko oldinda borayotgan jamoa mart oyi boshiga kelib azaliy raqibidan 2 ochko ortda qolmoqda. 1 mart, yakshanba kuni esa navbatdagi "klasiko" ham "Madrid" uchun katta ahamiyatga ega. Agar "Real" yutqazib qo‘ysa, farq 5 ochkoga yetadi. Mavsum oxirigacha bu farqni yo‘qqa chiqarish qiyin bo‘ladi. Dejavyu №2?

Yevropa chempionlar ligasi

2018/2019 mavsum
O‘tgan mavsumda YECHLning nimchorak finalida qur’a "Real" uchun omadli kelgan edi. Hattoki klub dastlabki o‘yinda "Ayaks" maydonidan 1:2 hisobida g‘alaba bilan qaytgan edi. 2019 yilning 6 mart kuni esa amsterdamliklar Madridda 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, "Qirollik klubi"ni mavsumda so‘nggi sovrindan ham mahrum etishdi.

2019/2020 mavsum
Bu safar esa "Real" YECHLning guruh bosqichida 2-o‘rinni egalladi va qur’a ularga "Manchester Siti"ni taqdim etdi. Kechagi o‘yinni ko‘rdingiz: so‘nggi 12 daqiqa o‘yin taqdirini butunlay boshqa tomonga o‘zgartirib yubordi. Endi Zidan jamoasi 17 mart kuni Manchester shahrida ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak.

Darvoqe, o‘tgan mavsumda Serxio Ramos "Ayaks"ga qarshi dastlabki o‘yin so‘ngida sariq kartochka olib, javob o‘yinida diskvalifikasiyaga uchragandi. Bu safar ham jamoa sardori javob uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Dejavyu №3?!

"Real Madrid" bir hafta ichida 3ta musobaqadan chiqib ketgani uchun Santyago Solari iste’foga chiqarilgan edi. Shundan so‘ng Zayniddin Zidan "Santyago Bernabeu"ga qaytdi. Fransiyalik mutaxassisning taqdiri qanday bo‘ladi. Buni balki navbatdagi 2-3 haftada bilib olarmiz?

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:09, 27.02.2020.
O'qildi: 11210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.