Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Davron Fayziyevdan anons: «Kanonirlar» uchun yagona yo‘l

Davron Fayziyevdan anons: «Kanonirlar» uchun yagona yo‘l

Baho:
+ | -2

Londonning «Arsenal» klubi muxlislari hamon ko‘p, bilamiz. 90-yillardan boshlab "to‘pchilar" fantastik yorqin futbol ko‘rsatishni boshlashgan. O‘sha davrlarda tezkorlik va kombinasion futbol bo‘yicha nafaqat Angliyada, balki butun Yevropada uncha buncha jamoalar «Arsenal»ga bas kelolmasdi. Chempion bo‘lishdi, rekordlar qayd etishdi. Futbol estetlarining mehri oshib bordi.

Ammo so‘nggi mavsumlar ushbu muxlislarga havas qilib bo‘lmaydi. Avval klub chempionlik poygasidan tushib qoldi. Uyog‘iga Chempionlar ligasi zonasi ham muammoga aylanib boryapti. Klub bosslari juda befarq deb bo‘lmaydi. Vaziyatni o‘zgartirish choralari ko‘rilmoqda. Tarkib yomonmas. Yosh, iste’dodli, ambisiyali murabbiy olib kelindi. Plyus u ganner... “bir marta ganner - bir umr ganner”, degan gap bor. Buyog‘iga harakat qilish qolmoqda.

Muammo nimada? «Arsenal» qoqilgan davrida APLning ancha klublari o‘sdi. Raqobat daxshat darajada kuchayib ketdi. Bo‘shashganlar oltilikdan uchirib yuborilmoqda. «Arsenal» ayni vaqtda 9-o‘rinda.

Premyer-liga orqali Chempionlar ligasiga chiqish Everest cho‘qqisidek uzoq va qiyin manzil. Yevropa elitasida qolishning yagona yo‘li qolmoqda. Ha, Yevropa ligasi g‘olibligi! Yutasan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘rlar qatoriga kirasan.

Ana shu yo‘lda «Arsenal» bugun navbatdagi to‘siqdan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Raqib anchagina murakkab. Gresiya chempionati mutlaq yetakchisi "Olimpiakos". Birinchi uchrashuvda greklar o‘z uyida 0:1 hisobida yutqazishdi. Londonga ular jang qilish va “o‘lish” kayfiyati bilan borishadi. Zo‘r o‘yin bo‘ladi, nasib qilsa.

Sizni 00:50 da UzReportTV jonli efirida kutaman, shu uchrashuvni birga tomosha qilamiz.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 17:26, 27.02.2020.
O'qildi: 3344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик