Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

«Barselona» direktori: «Real» «el-klasiko»da g‘alabaga haqli emas edi»

«Barselona» direktori: «Real» «el-klasiko»da g‘alabaga haqli emas edi»

Baho:
+ | -

«Barselona» klubining sport aloqalari bo‘yicha direktori Gilyermo Amor Ispaniya La ligasining 26-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real»ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Ular pressing ishlatib, bizga bosim o‘tkazishdi. Ularning taktikasi o‘yin tempini pasaytirishdan iborat edi. Ular pressing evaziga vaziyat yaratishdi. Bu bizga qimmatga tushdi, ammo men ularni g‘alabaga haqli bo‘ldi deb hisoblamayman.

Birinchi taymni oladigan bo‘lsak, biz juda yaxshi harakat qildik. Biz o‘yinni nazorat qildik va gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. «Real»dek jamoani kechirsang, u o‘z imkoniyatidan foydalanadi. Ular gol urib olishganidan keyin g‘alaba qozonishlariga ishona boshlashdi va bundan ruhlanib ketishdi.

Messi birinchi bo‘limda ajoyib o‘ynadi. U vaziyatlar yaratdi. Lekin yutqazganingda barcha salbiy qabul qiladi. Birinchi bo‘limda zo‘r o‘ynadik, ammo ikkinchi bo‘limda nazorat qo‘ldan chiqarganimizdan keyin barchasi o‘zgarib ketdi», – dedi Amor.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 22:02, 02.03.2020.
O'qildi: 8359 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.