"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya kubogining 1/8 finalida "Portsmut" ustidan qozonilgan g‘alabaga izoh berdi.
Angliya kubogida juda ko‘p o‘yinlar bor, menimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Qur’ani diqqat bilan kuzatib boramiz, chunki biz Angliya kubogini yaxshi ko‘ramiz. Stadiondagi muhit ajoyib edi, "Portsmut" kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Biz oson bo‘lmasligini bilar edik, ammo ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Men yosh futbolchilardan mamnunman, ular bilan ishlashdan rohat olyapman - dedi bosh murabbiy.