Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Xayrulla Hamidov maqolasi: Ikkinchi Maradona

Xayrulla Hamidov maqolasi: Ikkinchi Maradona

Baho:
+ | -

Bugun 4 mart. Shu sanada tug‘ilgan futbolchilar ro‘yxatini yaxshilab qarab chiqib, argentinalik bir vunderkindda to‘xtadim. Boshqa yulduz e’tiborimni torta olmasligi aniq edi.

Ariel Ortega. “Xo‘tik” nomi bilan mashhur bo‘lgan yigit 1974 yil tug‘ilgan. Argentinaning “River Pleyt”idagi o‘yinlari bilan tanilgan. Juda yosh. Argentinada yoshlarga ko‘p imkon beriladi, shu bois hech kimni bu natija bilan ajablantira olmaydi. Biroq, Yevropadagi o‘yinlari bilan, terma jamoasi tarkibida mundialdagi ishtiroki bilan har qanday tahsinga loyiq.

Ortega ko‘hna qit’ada uchta jamoada o‘ynagan. “Valensiya” — alohida qissa. “Mestalya” hali-hanuz uning ajoyib driblinglarini unuta olmaydi.

O‘tgan asr oxirlarida porlagan yulduz keyinroq Italiyaga — avval Genuyaga, so‘ng Parmaga yo‘l oldi. Arielning eng katta muammosi — Argentina futboli uslubidan voz kecha olmasligi edi. To‘p bilan uzoq qolib ketishi, ortiqcha fintlar va murabbiylar taktikasiga umuman bo‘ysunmaslik...

Ortega qobiliyati darajasida porlamadi baribir. Aslida o‘ta, o‘ta iste’dodli yigit edi. Hamma bilardi buni. O‘zi ham. Xarakteri faoliyatini yedi. Yevropaning istalgan klubida o‘ynasa hamki, Argentinasini sog‘inaverdi u. O‘sha yerdagi chempionliklarini emas, vatanidagi futbol uslubini sog‘inaverardi...

“River”ga yana qaytar ekan, Italiyaning eng ko‘zga ko‘ringan nashriga: “Evropadan qutuldim. O‘zingizga buyursin sovuq futbollaringiz!” deb intervyu berib ketgan yigit shu bo‘ladi.

Argentinasini sog‘inib yashagan Orteganing faoliyatini o‘rgansangiz, eng yaxshi o‘yinlarini terma jamoadan topasiz. Chindan ham u terma jamoasini klublardan ustun sanagan.

Fransiyadagi mundialda Argentina o‘z tarixidagi eng kuchli tarkibi bilan o‘ynagan. Ortegaga qo‘shilib Krespo, Galyardo, Batistuta, Veron va Klaudio Lopes istalgan himoyaga qo‘rqinch ulashsa, Shamot, Dzanetti, Ayala, Almeyda, Simeone, Sensini va Roa istalgan hujumga qarshi tura olardi. Maradona davridan keyin Argentina ana shunday yigitlari bilan siylangan edi.

Darvoqe, Maradona. Ortegani aslida barbod qilgan narsa ham shu nom. “Ikkinchi Maradona” degan nom yuki. O‘zi ko‘p bora bu ta’rifdan boshi osmonda ekanligini aytar, tabiiyki maydondagi harakatlari ham shu nomga bog‘lanib qolgandi. “Parma” murabbiyi unga: “Hadeb ortiqcha fint qilaverma, “ikkinchi Maradona” bo‘lishdan ko‘ra “birinchi Ortega” bo‘lishni o‘ylamaysanmi?” deganida, Ariel: “Menga “birinchi Ortega” bo‘lishdan ko‘ra “ikkinchi Maradona” bo‘lish yaxshiroq!” deb javob bergandi.

“Ikkinchi Maradona” faoliyatini Argentinaning quyi divizionlaridagi jamoalarda yakunladi. “River”dagi ajoyib faoliyatiga esa, o‘sha paytdagi klub ustozi Diyego Simeone nuqta qo‘yib ketgan. “Sen Argentinadan boshqa joyda o‘ynay olmagansan, endi Argentinada ham o‘ynay olmaysan”, degandi murabbiy. Simeonening o‘zi ko‘hna qit’ada ishlab ketdi. Har holda, bu uchrashuv bejiz sodir bo‘lmagan.

Bugun 46 yoshini nishonlayotgan Ariel haqidagi eng to‘g‘ri ta’rifni Maradona bilan bir paytda terma jamoada o‘ynagan Xorxe Valdano aytib o‘tgan: “U argentinaliklar ichidagi eng argentinalik futbolchi. O‘zining o‘yini bilan vatani Argentina ekanligini eslatib turadi. Ortega — futbol ensiklopediyasi, lekin u Argentina virusi bilan kasallanganki, jismonan hech qachon Yevropada o‘ynab ketolmaydi”.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 10:46, 04.03.2020.
O'qildi: 7639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик