Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ko‘prik»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ko‘prik»

Baho:
+ | -

Hatto Braziliya futboli ham inqirozga uchrab turadi. Ayniqsa, Peledek qirol uzoq yillar termada o‘ynagach, oxirgi ishtirokida uchinchi marta mundial g‘olibi bo‘lgach, uning yo‘qligi sezilishi kerak edi. Sezilgan.

24 yil futbol afsungarlari chempion bo‘la olishmagan. 1994 yilgi AQSH mundiali va unda Romarioning cheksiz quvonchi Braziliya ahlini titratib yuborgan.

Shu oraliqda Braziliya futboli jahon chempionatlarida o‘rtamiyona darajaga tushib ketishi ham mumkin edi. Birgina yulduzning hisobiga bu yurt futboli o‘z darajasini ushlab turgan. Ziko.

Mexiko-86 eng yaxshi chempionat deb e’tirof etiladi, bilasiz. Sababi,  yulduzlarning ko‘pligida. Futbol osmoni yulduzlarning ko‘pligidan kunduzdagidek yorishib ketgan. Ana shu yorqin yulduzlardan biri Ziko edi. Peledan keyin nihoyat katta jamoa sifatida qaralgan Braziliyaning tashrif qog‘ozchasi shu yigit edi.

Zikoni juda omadsiz yulduz deyishadi. Aslida undoq emas. Zikoning vazifasi markazdagi ishi kabi Braziliyaning inqirozli davrini maromda ushlab turish, Peledan Romariogacha bo‘lgan davrni bog‘lab berish edi. Ko‘prik vazifasini bajarib bergan, desak bo‘laveradi.

Odamlar suvning bu tomonidan u tomoniga ko‘prikda o‘tishadi-da, odatda ko‘prikka qarabam qo‘yishmaydi. O‘tib kelgan narigi tomonlariga sog‘inch bilan tikilib qo‘yishadi. Yangi manzillarini o‘rganadilar. Ko‘prik kamtar. Ishini bajarib, yana odamlarning xizmatida.

Ziko ana shunday og‘ir davrlarning ko‘prigi edi. U Braziliya futbolini Qiroldan so‘ng ko‘tarib turishga, nurli davrlariga og‘riqsiz olib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan durdona asar edi.

Braziliya futboli unga xuddi Pele va Romario, Ronaldo, Ronaldinyo kabi daholarga bo‘lgan ehtiromini ko‘rsatitishiga ham sabab shu.

Bugun (3 mart) Ziko 67 yoshni qarshi olibdi. “Bunyodkor”ning sobiq murabbiyi murabbiylikda chindan ham omadsiz. Peledan keyingilar o‘zi shunaqa.

Xayrulla Hamidov

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 21:09, 04.03.2020.
O'qildi: 4173 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.