Shvesiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan"da qolishi mumkin. Shu haftada futbolchi klub bosh direktori Ivan Gazidis bilan uchrashadi.
"La Gazzetta dello Sport" nashriga ko‘ra, uchrashuvda futbolchining va klubning kelajagi muhokama qilinadi. Manbaning yozishicha, uchrashuvni Zlatan xohlamoqda, u "Milan"ning kelajakdagi rejalarini bilmoqchi.
Joriy mavsumda Ibragimovich 10 ta o‘yinda 4 ta gol urdi.