Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Xayrulla Hamidovdan anons: Hamma yo‘llar Parijga olib boradi

Xayrulla Hamidovdan anons: Hamma yo‘llar Parijga olib boradi

Baho:
+ | -

Koronavirus Chempionlar Ligasiga ham yetib keldi. Bugungi Parij bahsi rostanam g‘alati kechsa kerak. Chunki nemislar ham, fransuzlar ham klublariga qattiq dalda bo‘lib berishadi. Har xil uslubdagi yondoshuvlari bilan. Ana shu dalda yo‘q va jamoalar bo‘m-bo‘sh stadionda o‘zlarini qanday tutishadi, ochig‘i menga rosa qiziq.

Sizga ham qiziq bo‘lsa, avval 23:55da start oladigan Futbol studiyasini kuzating, so‘ng "PSJ" - "Borussiya" ishtirokidagi javob o‘yinini tomosha qiling.

Tuxelni Dortmund qanday kutib olgani yodimizda. Endi Tomas sobiq jamoasini Parijda qanday kutib oladi, bu ham qiziq.

Yana shu qiziqki, oldingi o‘yinda kattalarga "bezbetlarcha" javob qaytargan Xollandni Neymar va Mbappe qanday kutib oladi. Axir, kechagina "tuxumdan chiqqan jo‘ja" xo‘rozlarga qichqira boshladi. Bu nomdor yulduzlarga alamli holat emasmi?!

Uchrashuv FUTBOL TV kanalida 01:00da start oladi.
Parallel o‘yin "Enfild"dagi bahs.
Qiyin tanlov, a?
Asosiysi ikkisida ham biz kutmagan hodisalar sodir bo‘lishi mumkin.

Parijda ko‘rishguncha!)

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 15:10, 11.03.2020.
O'qildi: 2868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик