Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Atletiko» «Liverpul»ni YECHLdan chiqarib yubordi

«Atletiko» «Liverpul»ni YECHLdan chiqarib yubordi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Liverpul» o‘z uyida Madridning «Atletiko»sini qabul qildi. Bu jang kutilmagan vaziyatlar va o‘zgarishlarga boy bo‘ldi.

Kutilganidek, mersisaydliklar o‘yinni faol boshlab, mehmonlar darvozasi tomon bosim uyushtira boshlashdi. Birinchi bo‘limda Yan Oblak o‘z jamoasini bir nechta vaziyatlarda qutqardi. Taym tugashiga 3 daqiqa qolganida esa mezbonlar hisobni ochishdi. Aleks-Oksleyd Chemberlen o‘ng qanotdan havolatib yetkazgan uzatmani Veynaldum bosh bilan "Atletiko" darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda esa "Liverpul"ning xavfli hujumlari soni oshib bordi. Madridliklar posboni esa jamoasini qutqarishda davom etgan bo‘lsa, 66-daqiqada Robertsonning yaqin masofadan bosh bilan yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p to‘singa tegib qaytdi.

O‘yin so‘ngida Oblak yana bir marta seyv namoyish qilgan bo‘lsa, Sadio Mane tomonidan chalqancha uslubda yo‘llagan zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘p hisob tenglashgani uchun qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Uning avvalida angliyaliklar ikkinchi golni urishdi. Veynaldum o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmaga Firmino bosh bilan zarba berdi, to‘p ustunga tegib, braziliyalik futbolchining o‘ziga qaytdi. Roberto ikkinchi urinishda bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Go‘yoki, ushbu goldan keyin "Liverpul" chorak final masalasini hal qilgandek edi. Ammo, lekin, biroq... butun mavsum davomida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan, Alisson jarohat olgani sababli bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan "qizillar" posboni Adrian "qovun" tushirdi. Himoyachidan yetkazilgan uzatmani tepib yuborishda darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni egallagan Joau Feliks Lyorentega uzatmadi. Markos esa 23 metrlardan darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi ekstra-taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa "Atletiko" qarshi hujumdan o‘ta unumli foydalandi. Markos Lyorente bu safar ham jarima maydoni tashqarisidan darvozaning yana o‘sha burchagiga to‘pni joylab qo‘ydi — 2:2.

Endi so‘nggi 15 daqiqalik bo‘limda "Liverpul"dan 2ta gol talab etilar edi. Diyego Simeone esa bunday ustunlikni qo‘ldan boy berib qo‘yadigan murabbiy emas. Uning shogirdlari hisobni saqlab qolish uchun barcha ishni amalga oshirishdi. Ular buni nafaqat uddalashdi, balki 121-daqiqada qarshi hujumda uchinchi golni ham urishdi. Yakkama-yakka vaziyatda Adrian Alvaro Morataning zarbasini qaytara olmadi.

Shu tariqa, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi alamli tarzda musobaqani tark etdi. "Atletiko" esa chorak final ishtirokchisiga aylandi.

Yevropa chempionlar ligasi, nimchorak final, javob o‘yini
"LIVERPUL" - "ATLETIKO" - 2:3 (1:0, 0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 43 Veynaldum, 2:0 – 94 Firmino, 2:1 – 97 Lyorente, 2:2 – 105 Lyorente, 2:3 – 120+1 Morata.
Liverpul – Adrian, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Veynaldum (Origi, 105), Xenderson (Fabinyo, 105), Oksleyd-CHemberlen (Milner, 82), Mane, Firmino (Minamino, 113), Saloh.
Atletiko – Oblak, Felipe, Trippyer (Vrsalko, 90), Savich, Lodi, Saul, Tomas, Korrea (Ximenes, 105), Koke, Joau Feliks (Morata, 103), Diyego Kosta (Lyorente, 56).
Ogohlantirishlar: Morata (119), Aleksander-Arnold (119), Saul (120).
Dastlabki o‘yin – 0:1.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:37, 12.03.2020.
O'qildi: 7327 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.