Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: Dangasa daho

Xayrulla Hamidov maqolasi: Dangasa daho

Baho:
+ | -

Bugun 17 mart va bu sanaga dahldor bir yulduzni eslash menga zavqli. Chunki u yoshligimni eslatadi, A seriyaning zavqli onlarini qaytargandek bo‘ladi. Urugvaylik o‘ta iqtidorli futbolchi Alvaro Rekoba!

1976 yili Urugvay poytaxti Montevideoda tug‘ilgan Alvaro qobiliyati darajasida yulduz bo‘la olmadi. Bunga o‘zi aybdor. Katta talant resursi bilan umrbod dangasa bo‘lib yashadi.

Montevideo bu gavharni uzoq saqlab qololmasligini Rekobaning “go‘dakligi”dayoq anglagandi. Ko‘pgina jamoalar ichida “Inter” tortib ketgandi uni. Milanliklar 1997 yili nafaqat Rekobaga o‘xshagan hech kim tanimas iqtidorlarni sotib olishga, balki o‘sha davrning mutlaq lideri bo‘lmish braziliyalik Ronaldoni ham o‘z safiga qo‘shib oladigan darajada top-klub edi.

Hozirda bolaxonada VHS kassetalar chiqib qolsa, axlatga tashlab yuborarmiz, ammo u paytlari 180 minutlik videokasseta katta videomagnitafonlarga solinib, o‘zgacha ko‘rilardi. "Neradzurri" rahbari Morattiga urugvaylik iste’dodning o‘yinlari yozilgan videokassetani o‘g‘li olib kelib ko‘rsatgan, deyishadi. Massimo Rekobaning harakatlarini, zarbalarini ko‘rib, darhol mehri tushgan. Buni “bir ko‘rganda muhabbat” deydilar.

Rekobani yuqorida o‘ta dangasa dedik, shuningdek u himoyaga yordam bermasdi. Xohlaganini amalga oshiradigan keng ijodkor bo‘lgani uchun “Inter”ning o‘sha paytdagi murabbiyi Luidji Simoniga ma’qul kelmadi. U mehnatkash, himoyada ishlaydigan, tinimsiz harakatdagi yarim himoyachilarni ardoqlardi.

Moratti murabbiyga Alvaro xususida ta’sirini o‘tkaza olmadi. Biroq, Rekobaning debyut o‘yini uzoq vaqt “Inter” muxlislari yodidan ko‘tarilmaydigan kechaga aylanib ketdi. O‘sha kuni hamma stadionga Fenomen Ronaldoni ko‘rgani kelgandi. Ammo “Breshiya” hisobni ochgach, murabbiy o‘yinga yangilik ulashishi zarur bo‘lib qoldi. Rekoba tushirildi. Tushdiyu, ikki shedevral zarbasi bilan Morattini qanday o‘ziga oshiq qilib olgan bo‘lsa, qandaydir daqiqalar ichida “Juzeppe Meassa”ni ham o‘ziga qaratdi. Ronaldo unut bo‘ldi o‘sha oqshom.

Qiziq tomoni, Simonini shu gollari bilan ham maftun qila olmadiki, mavsumni deyarli zaxirada o‘tkazib, keyingi yili “Vinesiya”ga yo‘l oldi. Ijara o‘yinchisi sifatida. Tabiiyki, Rekoba darajasi Italiyaning go‘zal shahri futbolidan ustun edi. Bunaqa o‘yinchi o‘zimizga ham kerak, deb yarim mavsum o‘tishi bilanoq qaytarib olishdi. Murabbiy Arrigo Sakki bo‘lgani uchun janubiy amerikalik gavharning ochilishiga imkoniyat berdi. Ketdi buyog‘i.

Rekoba “Inter”da uzoq vaqt o‘ynadi. 2006 yilgi kalchopoli voqealaridan so‘nggina “Inter”ga olib berilgan chempionlik uning faoliyatiga mazmun olib kirdi. Chunki fenomenal o‘yinlari va gollari bilan u doim marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelardi.

Rekobaning ayoli aytadi: "Men Alvaroni yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatmagan bo‘lardim. U dunyodagi eng dangasa dahodir. Xudo bergan qobiliyatining hisobiga o‘ynab o‘tdi".

Zo‘r baho. Mashg‘ulotlarda erinchoqlik qiladigan yulduz oxir-oqibat afsona darajasiga ko‘tarilmadi. Mehnat qilganlarga nasib qilgan shohsupa unga bo‘shatilmagani aslida adolatdan. Shunday bo‘lsa-da, ikki asr oralig‘ining eng go‘zal onlari ichida Rekoba nomi baribir bir eslab o‘tiladi.

Hozirda yutubga qo‘yilgan ko‘p yulduzlarning eng chiroyli o‘nliklarini ko‘rib chiqsangiz, Rekoba bu masalada o‘zidan nomdorlarga dars berib qo‘yadi. Chunki u tabiatan oddiy gol ura olmasdi. Xudoning qobiliyati hisobiga yashab o‘tgan iqtidor. Dangasa. Lekin buyuk.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:07, 17.03.2020.
O'qildi: 6148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.