Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«MYU»ning haloskori

«MYU»ning haloskori

Baho:
+ | -

Brunu Fernandeshning “Sporting”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tishi qishki transferlar chog‘idagi eng muhim xarid bo‘lib chiqdi. Jamoalar transfer jaroayonida har bir sent uchun “savdolashish”ganidan xabaringiz bor. Portugaliya klubi o‘z yetakchisi bilan xayrlashishni istamagan bo‘lsa, “qizil iblislar” Portugaliyada nom qozongan futbolchi uchun katta summa sarflashni istamadi. To‘g‘risiyamda, futbolchi APLda o‘z darajasini saqlab qoladi deb kim kafolat beradi?

Savdo ohir-oqibat (55+18 million yevro) pishdi. Portugaliya klubi o‘z futbolchisini ko‘ngildagidek summaga sotgan bo‘lsada, jamoa murabbiyi Jorje Silash o‘z futbolchisi bundan-da qimmatroq turishini afsus bilan tilga oldi. Brunu o‘zining nursiz o‘tgan debyutidan(“Vulverhempton”ga qarshi uchrashuvda) so‘ng, ko‘pchilikning hafsalasini pir qilgan edi, biroq Sulsher futbolchini yangi pozisiyaga ko‘chirish orqali unga ajoyib imkoniyat yaratib berdi. Sulsher tomonidan amalga oshirilgan yurish yakunda o‘zini to‘liq oqladi va Fernandesh o‘zi uchun ideal nuqtadan joy oldi. Endilikda, u hujum ortida klassik 10-raqam sifatida harakat qila boshladi. Bundan tashqari, u o‘yin davomida istalgan qanotga ko‘chishi, to‘psiz harakatlarda markazdan joy olishi va pozision hujumlarda ikkinchi hujumchi bo‘lishni boshladi. O‘yin intelektining balandligi sababi portugaliyalik tezda yangi jamoasiga naf keltirishni boshladi.

“Qizil iblislar” Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olgach, 6 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, uchta o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi. Fernandesh o‘zi so‘nggi 6 ta uchrashuvida 3 ta gol va 3 ta assistni amalga oshiribgina qolmay, Pep Gvardiolani xafa qilishga ham ulgurdi.

Xo‘sh, futbol mutaxassislar Brunu haqida qanday fikr bildirishmoqda?

Angliyalik futbol eksperti – Maykl Koks:

“Fernandesh faqatgina gol kiritgani yoki assistlarni amalga oshirgani bilan foydali emas. U o‘yin davomida pressingni boshlamoqda va jamoadoshlariga qaysi pozisiyani tanlashini ko‘rsatib bermoqda. Uning maydonda aql bilan harakat qilishi kerakli palada pauza ushlashni va barcha variantlarni o‘ylab chiqishi va boshqa mayda detallar uning top darajadagi yarim himoyachi ekanligidan dalolat bermoqda.

Ole Gunnar Sulsher:

“Uning ajoyib zarbasi, kuchli texnikasi va aniq uzatmalari mavjud. U o‘yinni juda katta diapazonda o‘qiy oladi. Bundan tashqari, Brunu standartlarni ham yaxshi ijro etmoqda. Men uni Skoulzga o‘xshataman. Brunuham Pol singari kirishuvchan va mag‘lub bo‘lishni yoqtirmaydiganlardan. U ham Skoulzning raqamida harakat qiladi va o‘yin davomida maydonda yetakchilardek harakat qiladi. Agar Fernandesh uchrashuvda o‘zining 99 foiz kuchini ishga solsa, bundan birinchi navbatda o‘zi qoniqmaydi. U topdarajadagi futbolchi!”

Yap Stam:

“U Skoulzga juda ham o‘xshamaydi. Pol to‘psiz juda agressiv harakat qilgan, biroq Brunu to‘p bilan harakatlanish va o‘yin intelekti borasidaPolga juda o‘xshab ketadi”.

Robin van Persi:

U aqlbovar qilmas futbolchi. Top futbolchi sifatida unda barcha kuchli omillar mavjud. Uning to‘p bilan qanday yumshoq muomalada bo‘lishiga ahamiyat bering! Buni tomosha qilish menga zavq bermoqda.

Ouen Xargrivz:

“U De Bryuyne singari tezkor, shoshmasdan qaror chiqaradi va doimo bosh zonalar yaratishga muvaffaq bo‘ladi. U “qizil iblislar”ning barcha futbolchisini yanada kuchli qilmoqda.

Brunu Fernandesh o‘zi jamoaga qo‘shayotgan xissasi borasida kamtarin fikrda:

“Biz Brununing “Manchester Yunayted”ga keltirayotgan foydasi haqida so‘zlashimiz mumkin, biroq aslida klub futbolchilar uchun ko‘proq narsa bermoqda. Agar men klubga kelmaganimda ham jamoa g‘alaba qozonishda davom etgan bo‘lar edi. Jamoani bir futbolchi o‘zgartirib yubora olmaydi. Qachonki,barcha futbolchilar bir maqsad sari harakatlanishsagina jamoa o‘zgarishi mumkin. Men Manchesterga ko‘chib kelgach, o‘z maqsadlari sari odimlayotgan jamoani ko‘rdim. Men bu maqsadni amalga oshirishda ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan bir futbolchiman xolos. Men tavakkalni xush ko‘ruvchi futbolchiman. Mening maydondagi vazifam ham shundan iborat. So‘nggi pasni ijro etishim uchun so‘nggi soniyalarga qadar kutishim va bexato harakat qilishim talab etiladi. Aniq pasni ijro etsam ham o‘yinlardan so‘ng xatolarim ustida ishlashim kerak. Ana shundagina yanada kuchliroq formaga kirib olishim mumkin”.

Shu o‘rinda juda muhim omilni ham qo‘shib qo‘ysak. Brunu ingliz tilida juda yaxshi so‘zlashadi. Bu undagi adaptasiyaning qisqa fursatda amalga oshishida ko‘mak bergani turgan gap. Shuningdek, klub fanatlari u haqida aytadigan qo‘shiqlarining ma’nosini ham juda yaxshi anglab turadi.

“Brunu, Brunu, Brunu. U ham Krishtianukabi “Sporting”dan kelgan. U chapga o‘tdi, u o‘nggao‘tdi va himoyachilarni dog‘da qoldirdi. Bizning portugaliyalik sehrgarimiz…”.

Brunu to‘psiz harakatlarda ham juda faol ekanligini alohida qayd etib o‘tish joiz. Uning pressingdagi faoligi sababli jamoa raqiblarini maydon markazida kutib olishni boshladi. Shuningdek,uning hujumdagi harakatlari ham tahsinga sazovor. Ayniqsa,hujum chog‘ida u jamoaga anchadan beri yetishmayotgan —Pogbadan kutilgan “olov”ni taqdim etmoqda. Jamoa muxlislarni futbolchini tez orada 7-raqamni qo‘lga kiritishi va jamoaning uzoq kutilgan yetakchisiga aylanishi haqida so‘zlashmoqda. Brununi ko‘klarga ko‘tarishga hali erta bo‘lishi mumkin, biroq uning jamoa g‘alabalariga qo‘shayotgan hissasi ulkan ekanligi rost.

Hozircha futbolchi Angliyada atigi bir oygina to‘liq harakat qilgan bo‘lishiga qaramay, APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Bu shunchaki boshlanishi mumkin. Hali hammasi oldinda!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:06, 17.03.2020.
O'qildi: 5236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.