Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Transfer olamidagi yagiliklar

Transfer olamidagi yagiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz.

Samuel Umtitiga haridorlar ko‘p

 

Yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasi chog‘ida “Barsa” o‘z himoyachisni sotib yuborishga yaqin turibdi. Ispaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, himoyachining atrofida bir nechta top klublar “o‘ralashib” qolgan.

“Le Gazzeta Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, himoyachi uchun kurashga “Inter”, “Yuventus”, “Arsenal” va PSJ klublari qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” o‘z himoyachisini 50 million funt sterling evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan edi.

Lalana uchun asosiy da’vogarlar nomi aniq

 

Avvalroq xabar berganimizdek, Adam Lalana yozda erkin agent maqomini oladi. “TheTelegraf” nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchini qo‘lga kiritishni istayotgan jamoalar nomi aniq bo‘lib ulgurgan.

Unga ko‘ra, “Liverpul” futbolchisi yozda “Vest Hem”, “Lester” “Tottenhem” va “Arsenal” klublaridan biriga borib qo‘shilishi kutilmoqda.

Manba bergan xabarlaga qaraganda, futbolchining o‘zi “Lester” safida harakat qilishni istamoqda. “Tulkilar” yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Jeyms Meddisonning o‘rnini aynan Lalalana bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Shunga qaramay, top jamoalar kattaroq maosh evaziga yarim himoyachining fikrini o‘zgartirishi hech gap emas.

“Chelsi” yozda hujumchi olmoqchi
 

Londonning “Chelsi” klubi yozda “Lion” hujumchisi Musa Dembeleni sotib olishi mumkin. “The athleric” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “aristokratlar” yozda jamoani tark etuvchi Oliviye Jiruning o‘rniga hujumchi xarid qilishlari shart. Sababi, ayni damda klubda faqat ikkitagina nominal hujumchi qolmoqda.

Aslida “Lion” o‘z hujumchisini sotishni istamayapti, biroq klub 50 million yevro uchun Dembeledan voz kechishi mumkin. Futbolchining o‘zi ham APLda to‘p surishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, qishda hujumchi bilan Londonning yana bir jamoasi – “Tottenhem” ham qiziqib qolgan edi.

Lovren Londonga ko‘chib o‘tadi

Angliyaning “Liverpul” klubi himoyachisi Deyan Lovren yozda London klublaridan biriga o‘tishi kutilmoqda. “DailyExspress” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 30 yoshli himoyachi bilan “Arsenal” va “Tottenhem” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan.

Xorvatiyalik futbolchining “Liverpul” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida hali kelishuvga erishmagan. Shu sababli, qizillar himoyachini yozda sotib yuborishni rejalashtimoqda.

Futbolchining o‘zi ham jamoani tark etishga qarshi emas. U o‘yin amaliyoti taqdim etishga qodir jamoalardan birida to‘p surishni istamoqda. “Liverpul” Lovrenning transferidan 20 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

“Barselona” Dembeledan qutilmoqchi

 

Kataloniyaning “Barselona” klubi Usman Dembeleni sotib yuborishga qaror qildi. Bu haqida ASnashri ma’lumot bermoqda. Jamoa hujumchini to‘liq sotib yuborishni istamoqda. Shuningdek, klub sotib olish sharti bilan ijaraga berishga ham qarshi emas.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Kataloniya klubi jarohatlar iskanjasida qolgan hujumchining top darajaga chiqishini kutishdan charchadi va uning transferi borasidagi istalgan taklifnni ko‘rib chiqishga tayyor.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:35, 18.03.2020.
O'qildi: 9095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.